Kataloniya rahbari lavozimidan çetlaştirilgan Karles Puçdemon Belgiyadan siyosiy boşpana söraş niyatida emas, aksinça, u mintaqa mustaqilligi uçun kuraşni davom ettirmoqçi. Siyosatçi Barselonani tark etganidan söng, Bryusselda ötkazilgan ilk matbuot anjumanida iştirok etdi. U özini Kataloniyaning qonuniy rahbari deb atadi va öz qaraşini Yevropa jamoatçiligi e'tiboriga yetkaziş niyatida ekanini bildirdi.
Şunga qaramay, Ispaniya Oliy sudi mamlakat prokuraturasining muxtoriyat parlamenti rahbariyati ustidan bergan murojaatini qabul qildi. Siyosatçilar, öz navbatida, Kataloniyada bölajak saylovlarda Puçdemon bloki köp ovoz töplaşiga şubha qilmoqda. RT voqealar rivoji qanday tus olişi mumkinligi haqida hikoya qiladi.
Kataloniyaning Ispaniya hukumati tomonidan lavozimidan çetlaştirilgan rahbari Karles Puçdemon Bryusselda jurnalistlar oldida qilgan ilk çiqişida muxtor ölka mustaqillikka tinç yöl bilan erişiş böyiça dastur qabul qilganini ma'lum qildi. U, şuningdek, Kataloniya mustaqilligi uçun siyosiy va tinç yöl bilan kuraşni davom ettirişini ta'kidladi.
Bundan taşqari, Puçdemon Belgiyadan siyosiy boşpana söraş niyatida emasligini ta'kidladi.
«Men Belgiyaga, aynan Bryusselga kelişga qaror qildim, çunki u Yevropa markazi. Bu yerda erkinlik va xavfsizlik masalasida erkinroq harakatlanasiz. Ammo men siyosiy boşpana söraş uçun bu yerga kelganim yöq», — degan u. U öziga ma'lum bir xavfsizlik kafolati taqdim etilsa, Kataloniyaga qaytişini aytdi.
Şu örinda, Belgiya boş vaziri Şarl Mişel Kataloniya sobiq rahbarining Bryusselga kelişi uyuştirilmaganini qayd etdi.

«Belgiya hukumati Puçdemonning kelişi uçun qanday harakatlarni amalga oşirgani yöq. Qirollik hukumati Ispaniyada siyosiy muammoga barham beriş uçun tinç muzokaralar ötkazişga bir neça marotaba çaqirgan», — degan boş vazir.
Karles Puçdemon esa, Bryusselga «Yevropa bilan gaplaşib oliş uçun» kelganini ta'kidlamoqda.
«Men Kataloniyaning qonuniy rahbari sifatida Yevropa va dunyo bilan Kataloniyada nimalar bölayotgani haqida muloqot qiliş niyatidaman. Madrid harakatlari adolat emas, qasos bilan yöğrilgan», — deya ta'kidlagan Puçdemon.
Agar Bryussel Ispaniyaning kuç işlatiş fikrini yoqlasa, bu Yevropa ğoyalarining tamom bölganini anglatadi, deb işonç bildirmoqda Kataloniyaning sobiq rahbari.














