UFC’ning 70 kg.gaça bölgan vazn toifasidagi çempioni irlandiyalik Konor Makgregor amerikalik boksçisi Floyd Meyvezer bilan MMA qoidalari böyiça jang ötkaziş niyatida ekanini ma'lum qildi. 

«Avvaliga Meyvezer MMA’dagi navbatdagi jang haqida gapirdi. Men bu boksçini şu yerga sudrab olib kelmoqçiman. Men uning dunyosiga kirdim hamda öz muxlislarim uçun şou taşkillaştirib berdim, ular esa jasurlik haqida gapirişmoqda. Endi Floyd mening olamimga kirsin», - deya Makgregorning sözlarini keltiradi BoxingScene.

Eslatib ötamiz, 2017 yilning 26 avgust kuni Las-Vegasda Makgregor Meyvezer bilan boks qoidalari böyiça jang ötkazdi. Bellaşuvda amerikalik ğolibga aylandi, u öz raqibini öninçi raundda nokautga uçratdi.