2017 yilning 29 oktabr kuni tungi taxminan soat 03:30 larda N.G. mast holatda, Mirzo Uluğbek tumani hududida, bezorilik oqibatida fuqaro V.M.ga oşxona piçoği bilan oğir tan jarohati yetkazgan. Natijada V.M. yettinçi sonli şahar klinik şifoxonasiga olib borilib, unga "Qorin old devori böşliğiga kirgan, jigarni şikastlagan sançilib-kesilgan jarohati, postgemorragik şok” taşxisi qöyilgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Uluğbek tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi (bezorilik oqibatida, qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.












