«Real»ning sobiq yarimhimoyaçisi Stiv MakManaman, qirollik klubiga «Tottenhem» hujumçisi Harri Keyn kerak emas deb hisoblamoqda.

«Real» prezidenti Florentino Peres örnida bölganimda Keynni xarid qilmasdim. Undan köra, yoş Mbappega öxşagan futbolçi afzalroq.

Keynni qölga kiritiş juda qiyin böladi, çunki futbolçilarning narxi keskin oşgan şaroitda, uning transferi uçun 200 million yevro tölaşga töğri keladi.

Angliyadagi klublar juda professional, bu yer futbolçi faoliyatining ösişi uçun ajoyib joydir. 

Keyn Londonda qolgani ma'qul, çunki u oilasi bilan bu yerda yaşaşdan baxtiyor» - deb MakManaman sözlarini keltirmoqda Marca naşri.

Avvalroq, «Real» Keyn uçun 100 million funt va Karim Benzemani bermoqçi ekani haqida xabarlar tarqalgandi.