Tasavvur qiling, siz yoşlar uçun möljallangan «Kamolot» uyi qurdingiz. Buning uçun bank sizga kredit ajratdi. Uyni belgilangan muddatda topşirdingiz. Qurgan uyingizni kimgadir sotiş yoki taqsimlaş sizning ixtiyoringizda emas. Viloyat hokimligi uyni dalolatnoma orqali qabul qilib olganidan söng, uyni öz egalariga vaqtida topşira olmagani bois siz bilan töliq hisob-kitob qilmadi. Siz esa vaqtida topşirgan uyingiz uçun kreditni öz vaqtida yopa olmadingiz va foiz tölaşda davom etdingiz — ya'ni zarar köra boşladingiz. Buning uçun kim aybdor?
Samarqandda aynan şunday holat yuzaga kelmoqda. Saytimizda ilgari ham «Samarqandlik tadbirkor: «Viloyatdagi mutasaddilar tufayli korxonam 552 million söm zarar kördi» sarlavhasi ostida maqola e'lon qilingan va Past Darğom tumanida «Kamolot» uylari qurib bergan «Past Darğom sifat quriliş» xususiy ixtisoslaştirilgan ta'mirlaş quriliş korxonasining viloyat hokimi (endilikda sobiq) örinbosari Olim Oçilov, viloyat hokimligi injiniring kompaniyasi va ATB «Qişloqqurilişbank» Samarqand mintaqaviy filiali rahbariyatining öz xizmat vazifasini suiiste'mol qilişi, tadbirkorning taqdiriga befarq qarşi uning huquqlarini poymol qilişi oqibatida yarim milliard sömdan ziyod zarar qilgani bayon etilgan edi.
Endi xuddi şunday tadbirkordan yana biri tahririyatimizga murojaat qilib, özining arz dodini respublika rahbarlari eşitişini, viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi panja orasidan qarab, yeçimini topmayotgan muammosini hal qilinişi söramoqda.
Jomboy tumanidagi «Niyatbek quruvçi» xususiy korxonasi rahbari Hamza Qosimoviç Mamayusupovning aytişiça, adliya vazirligiga, milliy xavfsizlik qömitasiga, respublika Boş prokuroriga, Samarqand viloyati hokimligiga va boşqa tegişli organlarga qilgan 3 martalik murojaati umuman qanoatlantirilmagan.
«Bizning aybimiz (u bu safar xuddi şu muammo bilan yurgan «Past Darğom sifat quriliş» xususiy ixtisoslaştirilgan ta'mirlaş quriliş korxonasi rahbari Hayitmurod Elmurodov bilan keldi) nima, Vazirlar Mahkamasining qaroriga labbay dab javob berib, qurilişni barça me'yorlar böyiça yakunlab, öz vaqtida topşirganimizmi?! Samarqandda adolat bormi özi?!» — deyişmoqda ular. Quruvçilarning aytişiça, bunday «Kamolot» uylar respublikamizning barça viloyatlarida qurilgan, boşqa viloyatlarda birorta quruvçining «burni qonatilmagan», barça zarur mablağlar, quriliş materiallarini öz vaqtida olişgan, quriliş taşkilotlari foyda bilan çiqişgan.
Mavzuga oid
— Ilgari quriliş korxonamda 250dan ziyod kişi işlardi. Har yili quruvçilar kunida işçi va xodimlarimga töy qilib qilib berar edim, — deydi Hamza Mamayusupov. — işlab çiqariş korxonalarim, qurgan idoramni sotib ham, böynimga ilingan qarzlarni tölay olmay, bankrot böldim. Işçilarimga esa javob berib yubordim. Şunça odam işsiz qoldi.
Endi tadbirkorning uşbu maş'um «Kamolot» uylari yuzasidan paydo bölgan e'tiroz va vajlariga köz yugurtiring va muşohada qiling-da, uning murojaatlariga prokuratura organlari «umuman qonun buzilişlari bölmagan, jinoyat alomatlari yöq», deb yozma ravişda javob berişayotganini ham yodda tuting:
«2015 yil 30 iyun kuni Samarqand viloyati hokimligi Injiniring kompaniyasi, «Niyatbek quruvçi» xususiy korxonasi va ATB «Qişloqqurilişbank» Samarqand mintaqaviy filiali örtasida «2014 yil 18 avgustda tuzilgan 3-JDM-2014-sonli şartnomaga» 3-JDM-2014/1-sonli QÖŞIMÇA KeLIŞUV tuzilgan bölib, uç tomonlama kelişilib, imzolangan va muhrlangan. Uşbu şartnomaning 3.2. bandiga muvofiq, ATB «Qişloqqurilişbank» Samarqand mintaqaviy filiali jami ajratilgan kredit mablaği, ya'ni 5.428.963.484 söm hisobidan 196.449.000 söm kredit foizi hamda 4.429.600.000 söm kredit tannarxi qaytarib qolinişi, qolgan 999.363.484 söm mablağ «Niyatbek quruvçi» xususiy korxonasi hisob raqamiga ötkazib berilişi belgilangan. Şartnomaning uşbu talablari umuman bajarilmadi».
«Uç tomonlama tuzilgan qöşimça kelişuv şartnomasi talablari qöpol ravişda buzilib, tadbirkorning faoliyatiga jiddiy putur yetkazgan holda, bank va Injiniring kompaniyasi şartnomada qayd etilgan 196.449.000 sömlik kredit foizi örniga 254.449.000 söm, ya'ni 58.000.000 söm mablağ ortiqça uşlanib qolinib, şunça pul miqdori quriliş korxonasiga kam tölandi».
«Mazkur holat sababi söralganda, bizlar «Kamolot» uyini öz vaqtida davlat qabul hay'atiga topşirganligimiz, biroq uy egalari bölmiş iqtidorli yoşlarni topiş 2015 yil oxiriga qadar çözilib ketganligi, şunga köra kredit foizlari oşib ketganligi (!) haqida javobni oldik. Ya'ni «Kamolot» YoIH va hokimlik iqtidorli yoşlarni NeGADIR ÖZ VAQTIDA topa olmagani uçun tadbirkor 58 mln. söm oşiqça kredit foizi tölab tursa bölaverar ekan. Yoşlarni uy-joy bilan ta'minlaşga mas'ul «Kamolot» YoIH, viloyat tuman hokimliklari va «Qişloqqurilişbank» Samarqand filiallarining bu haraktsizligi jinoyat emasmi?»
Vaziyatga e'tibor bering! Agar uyni egalariga topşiriş quruvçining gardanida bölganida, hali uy qurilmasdanoq ular barpo etilişi möljallangan uyiga mijoz topişgan bölar edi — bu aniq! Lekin uyga xaridorlarni iqtidorli yoşlar orasidan viloyat va tuman hokimliklari «Kamolot» YoIH va «Qişloqquriliş bank» topişi belgilab qöyilgan. Ular quruvçini ipsiz boğlab, öz işlariga panja orasidan qaraşganmi, yoki uyning potensial egalari örtasida «kimoşdi savdosi» ötkazişganmi, buyoği qoronğu, fakt şuki — uyni öz vaqtida töldirişmagan, pulini tölaşmagan va ötgan vaqt uçun ham quruvçi kredit foizini tölab turişga majbur bölgan! Öz işining ustasi bölgan har qanday tergovçi 5 daqiqada aybdorni aniqlab, xulosa bera oladi. Naçora, Samarqandda Prezidentimiz yil 8 yanvar kuni ta'kidlaganidek, elparvar, haqiqatparvar, tadbirkorning boşini silaydigan prokuror yöqqa öxşayapti, balkim Respublikada topilib qolar?..
«Şuningdek, 2-JDM-2014/1-sonli QÖŞIMÇA KeLIŞUV şartnomasining 3.2. bandiga binoan, bank filiali korxonaga şartnomada körsatilgan 999.363.484 söm örniga 611.000.000 söm mablağ bergan, ya'ni 388.363.484 söm mablağ «Niyatbek quruvçi» xususiy korxonasiga kam tölangan».
«Buning sabab aniqlaştirilganda, Injiniring kompaniyasi va «Qişloqqurilişbank» Samarqand mintaqaviy filiali şartnoma tuzişganda adaşişgan emiş! Axir imzo va muhr qöyiş, şartnoma tuziş öyinçoq emasku, şartnoma huquqiy oqibatlarni keltirib çiqaruvçi, yuridik kuçga ega bölgan huquqiy hujjat emasmi?!»
«Ayrim rahbarlarning hukumatimiz rahbarining yurtimiz ravnaqi, xalq farovonligi yölida çiqarayotgan qarorlarini bajarmaslik va oqibatida tadbirkor sifatida 388,0 mln. sömdan ziyod zarar körsak, tekşiruvçi organlar bunga köz yumişsa («keçiringlar endi, anuvlar bolalik qilib bir adaşibdi-da, tölavoringlar şu arzimagan 400 million sömga yaqin summani», degan qabilda), bu jinoyat emasmi?!»
«Bundan taşqari, injiniring kompaniyasi tomonidan «Kamolot» uylari qurilişi imtiyozli narxlarda berilişi kerak bölgan metall, oyna va sement quriliş mahsulotlari umuman berilmadi».
«Bizning taşkilotga imtiyozli ravişda berilişi kerak bölgan metall (armatura, smeta böyiça berilişi kerak bölgan narxi 1 mln. 400 ming sömdan) umuman berilmadi, haqiqatda esa 3–3.5 mln sömdan bozordan xarid qildik. «Kamolot» uyi qurilişiga 162 tonna metall ketganini hisobga olsak, bozor narxida olişimiz oqibatida, har bir tonnasidan 2,0 mln. söm atrofida jami 300 mln. sömdan ortiq zarar kördik».
«Axir 2014 yilda boş vazir bölgan hurmatli Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev tomonidan aprel oyida ötkazilgan 70-sonli yiğilişi bayonining 15-b-bandida «Kamolot» uylari qurilişi uçun Samarqand viloyati hokimligi «Kamolot» YoIH bilan birgalikda 1,0 t metalloprokat uçun 1,2 t metallalom topşirilişini taşkil etiş va «Kamolot» uylari qurilişi uçun mettalloprokat olib berilişini ta'minlaş yuklatilgan va tegişli topşiriqlar berilgan-ku? Viloyat hokimligi injiniring kompaniyasi bizga yullagan javob xatida körinib turibdiki, ular Şavkat Mirziyoyev tomonidan aprel oyida ötkazilgan 70-sonli yiğiliş bayonining mazmun-mohiyatni yaxşi tuşunişmagan körinadi. Tekşiruvçi organlar bunga ham köz yumişmoqda».
«Hukumat topşiriğini bajarmaslikka heç kimning haqqi yöq-ku? Axir bu qonunbuzarlik emasmi? Hukumatimizning rahbariyati topşiriğini viloyatdagi mutasaddilar bajarmasligi oqibatida nega biz — tadbirkorlar 300 million sömlab zarar körişimiz kerak?!»
«Özbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligining 2015 yil 20 apreldagi 05/1-76-sonli imtiyozli ravişda berilişi kerak bölgan oyna mahsuloti böyiça xati Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil Departamenti tomonidan aprel oyida ijroga qaratilib, ijrosini ta'minlaş Samarqand viloyat hokimi örinbosari (endilikda sobiq) Olim Oçilovga yöllangan bölsada, O.Oçilov ajratilişi lozim bölgan 1.033 m2 oyna mahsuloti fondini bermasdan, 2014 yil 13 noyabr kuniga qadar özlarida uşlab turişdi. «Kamolot» uyini foydalanişga topşirganimizdan keyin 6 oy ötgaç, imtiyozli narxda berilişi kerak bölgan xatni, ya'ni 2014 yil 13 noyabrdagi xatni dekabr oyi oxirida bizning qölimizga berdi».
«Endi bir savol: nimaga Olim Oçilovning öziga qaraşli bölgan va 2014 yilda Vazirlar mahkamasi qaroriga köra biz qatori Samarqand viloyatining Iştixon tumanida qurilgan uçinçi «Kamolot» uylarini barpo etgan «Mega temir beton» MÇJ imtiyozli oyna mahsulotini oldi, bizga esa berilmadi? Bizning aybimiz viloyat hokimi örinbosari bölib işlamayotganimizdami? Albatta, tekşiruvçi organlar bu faktga ham köz yumişmoqda».
«Buning oqibatida, oynani bozor narxida, ya'ni smetadagi narxdan bir neça barobar ortiqça narxda olişimizga töğri keldi va har ikkala quriliş korxonamiz 18 mln. sömdan zarar kördi. Korxonamiz rivojlanişi örniga bankrotlik holatiga tuşib qoldi».
Nahotki viloyatdagi rahbarlarning davlatimiz rahbariyati olib borayotgan siyosati ya'ni, tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş böyiça kuyib-pişişlariga javobi şu bölsa? Gullab-yaşnab turgan korxonani daromadga çiqariş örniga, bankrotlikka uçratişsa?
Xuddi şu tariqa, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 18 iyuldagi 2/1313-sonli topşiriqnomasiga binoan, Samarqand viloyatining Past Darğom, Iştixon va Jomboy tumanlarida «Kamolot» uylari qurilişi uçun 3.627 tonna sement quriliş mahsuloti imtiyozli narxlarda ajratilgan. (Har bir korxonaga 1210 tonnadan, tonnasi 104.560 sömdan). Korxonalarimizga 1210 tonnadan sement ajratilişi belgilab qöyilgani holda viloyat hokimi örinbosari Olim Oçilov «Qizilqumsement» AJga «Past Darğom sifat quriliş» xususiy ixtisoslaştirilgan ta'mirlaş quriliş korxonasi «Niyatbek kuruvçi» xususiy korxonasi uçun 700 tonnadan sement ajratişni sörab xat bergan.
«Niyatbek kuruvçi» xususiy korxonasi berilişi kerak bölgan qolgan 510 tonna sement mahsuloti viloyat hokimining örinbosari O.Oçilov va Injiniring kompaniyasining taqsimotiga binoan, 2014 yilda «Kamolot» uylari qurilişida umuman qatnaşmagan taşkilotlarga özaro kelişilib, qonunga xilof ravişda bizdan bir oy oldin birinçi navbatda berib yuborildi.
«Farovon Fayz Binokor» MÇJ ga 763,0 tonna hamda «Abdimömin stroy invest» MÇJga 763,0 tonna — uşbu holatni tasdiqlovçi hujjatlar «Qizilqumsement» AJ yuristi tomonidan tahririyatimizga taqdim etilgan.
«Bu borada injiniring kompaniyasining bizga yöllagan javob xatidan kulişni ham kuyişni ham bilmaysan! — deydi Hamza Mamyusupov. — Viloyatdagi tekşiruvçi organlar ham negadir ularga çippa-çin işonişadi-qöyişadi. Göyoki viloyatda 8ta «Kamolot uyi» qurilgan emiş. Axir 8ta uy qurilişiga taklif berilgan! Haqiqatda esa 3ta uy qurilgan. (Olim Oçilov «Qizilqusementga ham 2014 yilda 5ta uy qurilmoqda, deb yolğon ma'lumot berib, sementni özlaştirganiga e'tibor bering!).
8ta uy quriş haqidagi taklif 2014 yil aprel oyida berilgan, moliyalaştiriş masalalari iyun oyida hal etilgandan söng, ya'ni qurilayotgan 3 ta «Kamolot uylari»ga bank tomonidan kreditlar ajratildi, 2014 yil 18 aprelda bizlar kredit oldik. Lekin biz — 3ta taşkilot kreditga «Kamolot uyi»ni kuriş bilan ovora bölib yursak, 2014 yil avgust oyida (!) biz uçun ajratilgan imtiyozli narxdagi sement Olim Oçilovning imzosi bilan umuman bunday qurilişlarga aloqasi yöq taşkilotlarga berib yuborilmokda. Biz esa qurilişni yakunlaş uçun yetarli bölmagan 700 tonna sementni oliş uçun 2014 yil sentabr oyida Olim Oçilov imzolagan yana bir xat bilan «Qizilqumsement»ga murojaat qildik. Heç bir tekşiruvçi bu yerda vaqt va sanalarga e'tibor qaratmayapti. Axir bu davlat mulkini talon-taroj qiliş — qip-qizil jinoyatning özginasi-ku?!»
Taqqoslaş uçun yana bir fakt: hozir şarmandalarça işdan böşatilgan, biroq negadir ozodlikda, javobgarlikka tortilmasdan yurgan viloyat hokimining sobiq örinbosari Olim Oçilov davr-u davron surgan vaqtlarda Injiniring kompaniyasidagi jinoiy tödaning taqsimotiga binoan «Past Darğom sifat quriliş» va «Niyatbek quruvçi» 64 xonadonli (!) uy qurilişi uçun imtiyozli narxlarda bor-yöği 700,0 tonna sement olgan bölsa, viloyatdagi «Abdimömin stroy invest» MÇJ korxonasi 2015 yilda 48 xonadonli (!) «Kamolot» uyi qurib, Oçilovning bir varaqdagi jimjimador imzosi bilan 1338,0 tonna imtiyozli narxlarda sement mahsulotini qölga kiritgan. Bundan körinib turibdiki, viloyatda quriliş sohasi rahbarlari adolatli iş olib borişmagan, taniş-biliş, oşna-oğayingarçilik qilişgan! Yöqsa, öşa injiniring kompaniyadagi qöli dollar sanab qavargan sementfuruş zabardastlar tuşuntirib bersin-çi, nega 64 kvartirali uyga 700 tonna sement ketarkan-da, 2015 yilda qurilgan 48 kvartiralisiga deyarli 2 barobar köproq?! Ikkinçisi Gitlerning bunkeriga öxşagan narsamidi yo?!
«700 tonna sement quriliş işlariga yetmasligi aniq, şundan keyin, yuqorida nomi tilga olingan va ayni kunlarda bankrot böliş arafasida turgan taşkilotlar bir tonna sementni 350 mingdan 460 ming sömgaça bozor narxida olişga majbur böldik. Buning oqibatida 170 mln. söm miqdorida zarar kördik. Ya'ni bizga berilmagan 510 tonna sementning har bir tonnasidan 300 ming sömdan zarar kördik. Vaholanki, 3ta «Kamolot» uyi qurilişi böyiça Vazirlar Mahkamasining tegişli qaror va bayonnomalari mavjud bölgan».
Hozir Olim Oçilov va injiniring kompaniyasidagilar öz çöntagidan öşa 763 tonnadan sementni bozor narxida olib berişi yoki bozor narxida kuygan mana bu quruvçilarga tölab berişi kerak. Tölay olmasa, qonun doirasida javob berişi kerak. Mana şu eng adolatli qaror bölardi.
«Xullas, umumiy hisobda «Niyatbek quruvçi» xususiy korxonasi bank tomonidan kredit foizidan ortiqça uşlab qolingan 58 mln. söm, metall mahsulotidan 300 mln. söm, oyna mahsulotidan 18 mln. söm, sement mahsulotidan 170.000 000,0 söm şartnoma şartlari bajarilmasligi oqibatida 388.363.484 söm, jami bölib 934 mln. 363 ming 484 söm miqdorida zarar kördi».
Nahotki, Özbekiston Respublikasining 2015 yil 20 avgustdagi «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub'yektlarini işonçli himoya qilişni yanada kuçaytirişga, ularni jadal rivojlantiriş yölidagi tösiqlarni bartaraf etişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi ÖRQ-391-sonli Qonuni tadbirkorlarga najot berib, bu narsa viloyat mutasaddi rahbarlari e'tiboridan çetda qolgan bölsa?
«Hurmatli mutasaddilar, xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça Vakili!
E'tibor berganingizdek, tadbirkor sifatida mening huquqlarim poymol etilib, korxonamiz manfaatlariga juda katta miqdordagi zarar yetkazilib, oqibatda korxona qarzdorlikka yöl qöyib, bankrotlik darajasiga yetdi.
Sizdan, mazkur şikoyatimni alohida nazoratga olişingizni, Prezidentimiz, muhtaram Şavkat Miromonoviç Mirziyoyevning 2017 yil 5 maydagi «Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça Vakili institutini ta'sis etiş töğrisida»gi PF-5037-sonli Farmoniga binoan, vakolatingiz doirasida tadbirkor sifatida «Niyatbek quruvçi» xususiy korxonasining manfaatlarini himoya qiliş çoralarini körişingizni iltimos qilaman.
Zero, boşqa men kabi tadbirkorlar bu kabi loqaydliklardan himoyalanib, Siz qöllagan çoralar öz mansabiga sovuqqonlik bilan qaragan rahbarlarga dars bölsin», deb yakunlaydi Hamza Mamayusupov tahririyatimizga yöllagan murojaatini.