AQŞ prezidenti Donald Trampning ma'lum qilişiça, Nyu-Yorkda terakt sodir etgan şaxs ruhan nosoğlomdir.
«Aftidan, Nyu-Yorkdagi terakt kasal va ruhan nosoğlom inson tomonidan amalga oşirilgan», - deya yozdi AQŞ rahbari tvitterda.
Bundan avvalgi xabarlarda Nyu-Yorkda terakt sodir etişda gumonlanayotgan Özbekistonning sobiq fuqarosi Sayfullo Saipov AQŞga grin-karta orqali köçib ketgani va Uber kompaniyasida haydovçi bölib işlagani aytilgandi.
31 oktabrda Nyu-Yorkning Quyi Manxetten tumanida, Jahon savdo markazi yonida sodir etilgan hujum oqibatida Belgiyaning bir fuqarosi halok bölgan va 3 fuqarosi yaralangan. Şuningdek, Argentinaning 5 fuqarosi halok bölgan va bir fuqarosi jarohat olgan.


















