Seşanba kuni AQŞning Nyu-York şahrida terakt sodir etgan Sayfullo Soipov asli Qirğizistonning Öş şahrida tuğilgan ekan, deb xabar bermoqda Republic. Aprel oyida Sankt-Peterburg metrosini portlatgan taşkilotçilar ham Rossiyaga Qirğizistonning şu şahri va unga yaqin bölgan Jalolobod şahridan kelgan yigitlar edi.
Ularning barçasi 2010 yilning bahorida Qirğiziston janubida yuz bergan etnik töqnaşuvlardan qoçib, butun dunyo böylab tarqab ketişgan. Ular vatani bilan aloqalarni yöqotişgan, lekin yangi joyda hali moslaşa olişmagan. Özligimni topaman, deya ular köpinça dinga mukkasidan ketişadi va radikal oqimlarga qöşilib qolişadi. Ularning içidan hozirça sanoqlilari terroristlarga aylanişgan, migrantlarning aksariyat qismi tinç hayotda özlarini topa olişgan.
Öşda tuğilgan
Sayfullo Soipov — etnik özbek. Reuters ma'lumotlariga köra, u 1988 yilda tavallud topgan, AQŞga esa 2010 yili kelgan. Floridada yuk maşinasi haydovçisi bölib işlagan, Amerikada yuk taşiş bilan şuğullanişi kerak bölgan ikkita xususiy firmasini röyxatdan ötkazgan. Söng Nyu-Jyersiga borib joylaşib, Uber xizmatida taksiçilik qilgan. Associated Press’ning kompaniya ma'lumotlariga tayanib yozişiça, sönggi olti oy mobaynida 1400dan ziyod çaqiruvlarga çiqqan.
Ukraina şarqi va Suriyada harbiy mojarolarni örganuvçi Conflict Intelligence Team guruhidan Ruslan Leviyevning qayd etişiça, aktivistlar terrorçining Facebook’dagi akkauntini topişga muvaffaq bölgan. Hozir u bloklangan, biroq Republic uning saqlanib qolgan nusxalari bilan tanişgan.
Soipovning profili ikkita ekan: birini u 2011 yilning martigaça işlatgan, ikkinçisida esa sönggi qayd 2013 yil fevralining oxirida yozilgan. Ijtimoiy tarmoqdagi ma'lumotlarga asoslanib aytiş mumkinki, jinoyatçi Amerikaga kelgunça Özgan (Qirğizistonning Öş viloyati)da, şuningdek, Rossiyaning Vologda şahrida yaşagan. Ikkinçi akkauntida yozilişiça, Qöşma Ştatlarda Soipov Ohayo ştatining Klivlend şahrida yaşagan. The New York Times ma'lumotlariga köra, u öşa yerda Özbekistonda tuğilgan qiz bilan turmuş qurgan. Ya'ni Feysbukdan olingan ma'lumot matbuot topganlariga mos kelmoqda.
Soipovning tanişlari öz akkauntlarida yaşaş joyi sifatida Toşkent va Öşni körsatişgan. Umumiy hisobda Soipovning döstlari safida 23 kişi bölgan. Ulardan biri Republic’ga Soipov bir muddat Öşda yaşaganini tasdiqlagan.













