Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2017 yil 27 oktabr kuni “Davlat ehtiyojlari uçun şoli xarid qilişni taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni çiqardi.

Hujjat Özbekiston Respublikasi prezidentining “2018 yilda qişloq xöjaligi ekinlarini oqilona joylaştiriş çora-tadbirlari va qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştirişning prognoz hajmlari töğrisida” 2017 yil 15 sentabrdagi PQ-3281-son qarorini bajariş yuzasidan, şoli yetiştiriş hamda xarid qilişning yagona tizimini şakllantiriş, yer va suv resurslaridan oqilona foydalaniş, şuningdek içki iste'mol bozorini yuqori sifatli mahsulotlar bilan töldiriş maqsadida qabul qilindi.

Qarorda belgilab qöyilişiça, 2017 yil hosilidan boşlab davlat ehtiyojlari uçun şoli yetiştiruvçi xöjaliklar va “Özdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining don qabul qiliş taşkilotlari örtasida tuziladigan kontraktatsiya şartnomalari asosida ilovaga muvofiq sxema böyiça kelişilgan bozor narxlarida xarid qilinadi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi bilan birgalikda tuproq-iqlim şaroitlari, suv bilan ta'minlangani va şoli yetiştiriş tajribasi hisobga olingan holda, 2018 yil hosili uçun şoli yetiştiradigan tumanlar hamda xöjaliklarni 2018 yilning 1 fevralgaça belgilaydilar.

“Özdonmahsulot” AK, Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vazirligi Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda şoli yetiştiradigan xöjaliklar bilan 2017 yil hosilidan tovarbop va uruğlik şoli xarid qiliş yuzasidan 2017 yilning 5 noyabrigaça uşbu qarorning 1-bandiga muvofiq kontraktatsiya şartnomalari tuzilişini ta'minlaydilar.

“Özdonmahsulot” AK bir oy muddatda belgilangan tartibda:

Xaridlarni moliyalaştiriş va şoli yetiştiriş hamda uni qayta işlaş tizimiga bozor mexanizmlarini töliq joriy etiş uçun yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan maqsadli jamğarmani taşkil etadi;

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Xaridlarni moliyalaştiriş va şoli yetiştiriş hamda uni qayta işlaş tizimiga bozor mexanizmlarini töliq joriy etiş uçun maqsadli jamğarma mablağlarini şakllantiriş va ulardan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizomni işlab çiqadi hamda tasdiqlaydi.

“Özdonmahsulot” AKning don qabul qiliş taşkilotlariga, istisno tariqasida, byudjyet taşkilotlari va byudjyetdan mablağ oluvçilar bilan Özbekiston Respublikasining içki bozoridagi örtaça narxlardan oşmaydigan narxlarda şoli yetkazib beriş böyiça töğridan-töğri şartnomalar tuzişga ruxsat berildi.