Vaşington viza lotereyasi dasturini töxtatmaydi va unga heç qanday özgartiriş kiritmaydi. Bu haqda AQŞ davlat departamentida TASS axborot agentligiga ma'lum qilindi.
"Ayni vaqtda "Viza turfaligi lotereya dasturi"ga heç qanday özgartirişlar kiritilmaydi", deyilgan xabarda.
1 noyabrda AQŞ prezidenti Donald Tramp Nyu-Yorkda sodir etilgan teraktdan keyin grin-kartani bekor qiliş lozimligini aytgan. "Men qadr-qimmatlarga asoslangan tizimni istayman. Biz bunday migratsiyani qöllab-quvvatlaymiz, demokratlardan heç qanday boşqa lotereya kerakmas. Biz kuçliroq va aqlliroq bölişimiz lozim", deb yozgan Tramp.
31 oktabrda Nyu-Yorkdagi teraktni amalga oşirgan, kelib çiqişi özbekistonlik bölgan Sayfullo Soipov AQŞga aynan grin-karta orqali kelgan.
Diversity Immigrant Visa lotereyasi AQŞ davlat departamenti tomondan ötkazib kelinadi. Har yili AQŞga migratsiya darajasi kam bölgan davlatlar fuqarolariga AQŞda doimiy yaşaş huquqini beruvçi 55 mingta lotereya öynaladi. Ta'kidlanişiça, ğoliblar kompyuter yordamida tasodifiy tanlov yöli bilan aniqlanadi.

















