Ötgan dam oliş kunlarida Yevropa davlatlari jami elektr energiyasining çorak qismini şamol uskunalari orqali olgan. Bu yösinda işlab çiqarilgan elektr energiyasi 197 million uy xöjaligini ta'minlaş uçun yetarli bölardi. Yangi rekord örnatilişiga asosiy sabab Yevropa böylab yuz bergan kuçli dovullardir, deb yozadi hightech.fm.
Ötgan şanba kuni Yevropada iste'mol qilingan jamiki elektr energiyasining 24,6 foizi YeIning 28 ta davlatida örnatilgan şamol qurilmalari orqali olingan, deb xabar beradi Electrek konsalting firmasi bölmiş Ecofys’ning e'lon qilingan ma'lumotlariga asoslanib. Dengiz şamol generatorlarining yetarli darajada maşhurligiga qaramasdan, ular bor-yöği 11,3 foiz energiya işlab çiqargan. Elektr energiyasining katta qismi — 88,7 foizi yer usti şamol elekr stansiyalarida işlab çiqarilgan. 2016 yil yakunlariga köra Yevropada umumiy quvvati 141,1 GVt bölgan şamol generatorlari, va 12,6 GVt.li dengiz turbinalari örnatilgan.

Işlab çiqarilgan elektr energiyasi Yevropadagi 197 mln. uy xöjaliklarini ta'minlaşga yoki sanoat korxonalariga zarur bölgan energiyani 68 foizga qondirişga yetarli.
Rekord körsatkiçga erişilişiga sabab — dam oliş kunlarida elektr energiyasiga bölgan talabning susayişidir — köplab sanoat korxonalari işni töxtatdi va iste'mol qilinayotgan energiya miqdori kamayadi. Ba'zi bir ekspertlarning fikriça, şamol energiyasi uluşining ortişiga sabab dam oliş kunlari Yevropaga yopirilgan va 6 kişining hayotiga zomin bölgan dovul hamdir.
Gemaniyada ötgan dam oliş kunlarida elektr energiyasining tannarxi noldan ham pastga tuşgan. Bunga sabab şamol elektr stansiyalarida işlab çiqariş hajmining ortişi böldi. Ma'lum bir davrda bir megavatt elektr quvvatining qiymati minus 100 yevroga teng bölgan.
Ötgan şanba kuni barça şaamol generatorlari Germaniyaning elektr energiyasiga bölgan talabini 61 foizga qondirgan. Daniya ŞESlardan 109 foiz energiya olgan, Portugaliya — 44 foiz, Irlandiya — 34 foiz. 28 ta davlatdan 10 tasi kerakli elektr energiyaning kamida 20 foizini şamol generatorlaridan olgan.
Yevropa şamol energetikasi assotsiatsiyasining prognozlariga köra, ŞESlar 2030 yilga borib butun Yevropaning talabini 30 foizga qondira boşlaydi. WindEurope sanoat guruhi hisobotiga köra 2016 yilda mintaqada kuniga örtaça bitta yangi turbina barpo etilgan. Yil davomida elektr tarmoğiga 338 ta yangi şamol turbinalari ulangan.

















