Federal qidiruv byurosi Nyu-Yorkdagi teraktdan keyin Özbekistonning yana bir fuqarosi Muhammadzoir Qodirov haqida ma'lumot yiğmoqda.

«Muhammadzoir Qodirov qölga olingan, biz u haqdagi har qanday ma'lumotni yiğamiz», deyilgan FQBning Nyu-York bölimi xabarnomasida.

Bundan avvalroq FQB direktorining yordamçisi Bil Svini hukumat «Qodirovni qidirmayotgani», u «topilgani» haqida ma'lumot bergandi. Ammo u batafsil ma'lumotlar keltirmagan.

OAVning yozişiça, Qodirov Sayfullo Soipovning kamdan-kam döstlaridan biridir.

Seşanba kuni Nyu-Yorkda, şaharning janubiy-ğarbiy qismida pikap avtomobili velosipedlar yölagiga bostirib kirdi va öz yölidagi velosipedçilarni bosib öta boşladi. Maşina maktab avtobusiga borib urilgan. Şundan söng, haydovçi maşina içidan çiqqan va qoça boşlagan. Politsiyaçilar uni otib jarohatlaşgan va qölga olişgan. Hodisa oqibatida halok bölganlar soni 8 nafarni taşkil etdi, yana 12 kişi jarohatlandi. Hukumat bu hodisani terakt deb baholadi.

Terakt ijroçisi 2010 yilda «Grin-karta» orqali AQŞga borgan Özbekiston fuqarosi Sayfullo Soipov bölib çiqdi.