Nyu-Yorkdagi teraktni nega özbekistonlik şaxs amalga oşirdi?
1 noyabr kuni uyqudan uyğonişim bilan yaqin kunlarda eşitganlarim içida eng xunuk yangilikni tomoşa qildim. Ekranda Nyu-York şahri politsiyasi vakillari köçani töldirib turardi. Xabar ostida esa tinmasdan özbekistonlik şaxsning 8 kişining ölimiga sababçi bölgani yozilib turibdi. Buning ustiga, gumondor Sayfulla Soipov «grin-karta» orqali AQŞga köçib ketgani bot-bot takrorlandi.
Xayolim ming köçaga kirib çiqa boşladi: nahot, özbek millatiga mansub kişi bu jirkanç işga qöl urdi? AQŞdagi mahalliy naşrlar bergan ma'lumotga köra, terakt sodir etilgan maşinadan haydovçining IŞIDga aloqadorligini tasdiqlovçi qoğoz parçasi topilgan. Bu örinda nafaqat millat va yurt nomi, balki dinning nomi ham «qora» bölarkan, deya öylay boşladim.
Kun oxiriga borib Soipov özbekistonlik ekani tasdiqlandi. Toşkent Moliya institutini tamomlagan Sayfulla Soipov haqida qöşnilari iliq fikrlar bildirişdi. Ammo...
Manhettendagi terakt ijroçisi Sayfullo Soipov Nyu-York sudidagi dastlabki eşituvda özini garov evaziga ozod etişni söramagan. Associated Press agentligi tarqatgan xabarga köra, uşbu şaxs öz qilmişidan afsusda emas. Prezident Donald Tramp esa harakat ijroçisiga oliy jazo tayinlaşga çaqirdi.
«Nyu-York terakti ijroçisi IŞID bayroğini palatasiga osişlaridan xursand bölardi. U 8 kişini öldirib, 12 kişini jarohatladi. Uni qatl qiliş kerak», deya yozgan Oq uy rahbari tvitterida.
Endilikda Özbekiston fuqarolari AQŞga kirişi taqiqlangan mamlakatlar qatoriga kirişi mumkin. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati rahbari Sara Sanders jurnalistlarning savollariga javob qaytariş asnosida aytib ötgan.
«Biz ayni vaqtda bunga çaqirmayapmiz, ammo buni istisno ham etmaymiz», — degan u matbuot anjumani vaqtida.
Voqealarning bunday avj olişi sal qolsa, odamni esankiratib qöyayozdi. Endi masalaga faqat mantiq bilan yondaşib tahlil qilamiz. Bu nega yuz berdi va nima uçun özbekistonlik şaxsning qöli bilan sodir etilgan? Yuqoridagi holatni töliq tuşiniş uçun joriy yilning avgust oyida AQŞda yuz bergan Şarlotsvill namoyişlarini eslab ötamiz.
Öşanda Şarlotsvilldagi namoyişçilar ustiga maşina bilan bostirib borgan Jyeyms Aleks Filds Kiçkinaning harakatiga nisbatan mamlakat rahbari jiddiy munosabatda bölmagani masalani çigallaştirib yuborgandi.
«Barçamiz birdam bölişimiz va nafrat ortida turgan barça narsani qoralaşimiz lozim. Amerikada bunday zöravonlikka joy yöq», deya fikr bildirgandi mamlakat rahbari. «Barça narsani qoralaşimiz lozim» sözlari ostidan panoh topgan «Ku-Kluks-klan» a'zolari, oq tanli irqçilar jamoasi ötgan kuzda bölib ötgan saylovda adaşmaganlaridan xursand bölişdi. Öz nomi bilan atalmagan jinoyatni oqlaşga uriniş prezident Donald Trampning Oq uydagi obrösiga ta'sir qilib, afroamerikan fuqarolar oldida «hurmatsiz» kişiga aylantirib qöyişi mumkin edi.













