Hongkongda qiymati 5,15 mlrd. AQŞ dollari bölgan osmonöpar imorat sotildi, bu dunyo böyiça köçmas mulk bozoridagi rekordga aylanişi mumkin, deb yozmoqda South China Morning Post gazetasi.

Naşr ma'lumotlariga köra, osmonöpar imorat CK Asset holdingiga tegişli bölgan, qarorgohi Pekinda joylaşgan CHMT Peaceful Development konsorsiumi esa xaridorga aylangan.

«Bu şuni körsatadiki, Hongkongdagi tijoriy köçmas mulk bozori hamon raqobatbardoş va yuqori narxlardan zarar körişi ehtimoldan uzoq bölib qolmoqda», - deya Colliers International’ning Osiyoda baholaş hamda maslahat beriş böyiça boşqaruvçi direktori örinbosari Vinsent Çungning sözlarini keltiradi gazeta.

Ta'kidlanişiça, CK Asset egasi Li Kaşin Hongkongdagi eng badavlat insonlardan biri ham sanaladi.