Rafael Nadal mavsum natijalariga köra erkak tennisçilar örtasida öziga 1-örinni ta'minlab qöydi. Bu esa ispaniyalik Parijdagi "Masters" musobaqasining 2-davrasida koreyalik Xyon Çonni mağlub etgandan keyin mumkin böldi. Uçraşuv 7:5, 6:3 hisobi bilan yakunlangan.

Rafa öyin davmida 3 ta eys, 8 ta breyk-poyntdan 4 tasini amalga oşirgan, 2 marta ikkilik xatoga yöl qöygan. Tennisçilar örtasidagi şaxsiy hisob esa 2:0 körinişini oldi. 

Nadal faoliyatida 4-marotaba mavsumni birinçi raqamli tennisçi sifatida yakunlaydi. 

U "Masters"ning 3-davrasida urugvaylik Pablo Kuevas bilan bellaşadi.

Rafa joriy mavsumda ATP’ning 6 ta musobaqasida ğoliblik naşidasini surdi.