Xalqaro olimpiya qömitasining (XOQ) Denis Osvald rahbarligidagi komissiyasi rossiyalik çanğiçilar işi böyiça qarorni e'lon qildi.
Unga köra, Aleksandr Legkov va Yevgeniy Belov aksildoping qoidalarini buzganlikda aybdor deb topildi. Har ikkala sportçi keyingi Olimpiada öyinlarida iştirok etişdan mahrum qilindi.
Bundan taşqari, sportçilarning Soçi-2014 olimpiadasidagi barça natijalari bekor qilindi.
Xususan, Legkovning 50 km poygadagi oltin medali va Rossiya terma jamoasi tarkibida 4x10 km estafeta musobaqasidagi kumuş medallari bekor qilindi. Endi bu medallar XOQ taşkilotiga qaytarilişi şart.
Belov Soçi-2014 musobaqasida 15+15 km poygada 18-örinni, 15 km poygada esa 25-örinni egallagan edi.
Eslatib ötamiz, Rossiya terma jamoasi Soçi-2014 olimpiadasida 13ta oltin, 11ta kumuş va 9ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinçi bölgan edi.
Ayni paytda, rossiyalik boşqa sportçilarning aksildoping qoidalarini buzganligi töğrisida suriştiruv işlari davom etmoqda.
















