Butunrossiya jamoatçilik fikrini örganiş markazi (VTsIOM) teleboşlovçi Kseniya Sobçakning 2018 yili prezidentlik saylovlarida iştirok etiş rejasidan neçoğlik xabardor yo yöqligi borasida Rossiya aholisi örtasida sörovnoma ötkazdi. Sörovnoma natijalariga köra, respondentlarning 75 foizi Sobçak xonimning qaroridan xabardor. Söralganlarning 98 foizi teleboşlovçining ismini töğri aytişgan, deb yozadi «Kommersant'.ru» naşri.
Kseniya Sobçakning saylovda iştirok etiş rejasidan xabardor bölganlarning 57 foizi uning bu qarorini qöllab-quvvatlaşmaydi, 33 foizi esa Sobçak xonimni prezidentlikka nomzodlar orasida körişni unçalik istaşmasligini bayon etişgan. Teleboşlovçining prezidentlik saylovida qatnaşiş niyatini respondentlarning 8 foizi qöllab-quvvatlagan.
«Teleboşlovçi haqida oldindan eşitgan fuqarolarning 69 foizi Sobçakning siyosiy istiqboli yöq, deb hisoblaşadi, 6 foiz söralganlar bunga teskari fikr bildirişgan»,— deya ta'kidlaşmoqda sotsiologlar. Yana 16 foiz söralganlarning fikriça, Kseniya Sobçak allaqaçon siyosatda katta natijalarga erişgan, bundan ortiği uning qölidan kelmaydi.
«VTsIOM-Sputnik»ning butunrossiya sörovnomasi 21–22 oktabr kunlari 18 yoşdan katta 1,2 ming respondentlar orasida ötkazilgan. Sörov uslubi — telefon orqali intervyu bölib, statistik xato 3,5 foizdan oşmaydi.
Rossiyaning beşta federal telekanalida nomi tilga oliniş böyiça Kseniya Sobçak barça «an'anaviy» nomzodlarni ortda qoldirib, faqat Vladimir Putindan keyin turibdi.
Ilgari xabar qilinişiça, rossiyalik jurnalist va huquq himoyaçisi Yekaterina Gordon, şuningdek, jamoatçi Irina Volynets ham 2018 yilgi Rossiya prezidenti saylovlarida iştirok etiş borasida istak bildirişgan.













