AQŞ prokuraturasi Nyu-Yorkning Manxetten tumanida terakt sodir etgan Sayfullo Soipovga qanday jazo belgilanişi masalasini hal qilmoqda. Bu haqda Nyu-York ştatining Janubiy okrugi prokurori vazifasini bajaruvçi Yon Kim matbuot-anjumanda aytib ötdi.
Terrorçiga ölim jazosi yoki umrbod qamoq jazosi berilişi mumkin.
"Gumonlanuvçiga qöyilayotgan ayblovning ikkinçi bandi böyiça ölim jazosi berilişi mumkin. IŞIDga moddiy kömak körsatiş bandi uçun umrbod qamoq körinişidagi maksimal jazo berilişi belgilangan", deb aytgan Kim.
Kimning aytişiça, prokuratura ayblanuvçiga ölim jazosi berilişiga erişişga tayyorligi borasidagi savol hozirça oçiq qolmoqda. "Bilasizki, jarayon öz navbati bilan bormoqda. Fojiadan keyin bor-yöği 24 soat ötdi", deb aytgan Kim.
"Unga natijada qaysi bandlar böyiça ayblovlar qöyilişini köramiz. Ulardan ba'zilariga ölim jazosi belgilangan", deb qöşimça qilgan Kim.
Soipov 31 oktabrda Nyu-Yorkda özi boşqargan pikapda odamlarni bosib ketgan. Oqibatda 8 kişi halok bölgan, 12 kişi jarohat olgan.
Hukumatning fikriça, u IŞID nomidan harakat qilgan. Unga şuningdek terrorçilik böyiça ayblovlar qöyilgan.
Prokuraturaning ayblov xulosasiga köra, Soipov teraktga 2 oy tayyorgarlik körgan va hujumni amalga oşirişni 22 oktabrda ijaraga olingan pikapda maşq qilgan. Soipov söroq vaqtida qilgan işidan puşaymon emasligini körsatgan.

















