Nyu-Yorkda yuz bergan terakt global miqyosga ega bölib, heç qayerda terrorizmdan himoya yöq, u bilan qöşma sa'y-harakatlar orqali kuraşiş lozim. Bu haqda Şanhay hamkorlik taşkilotining terrorçilikka qarşi Mintaqaviy tuzilmasi direktori (ŞHT TQMT) Yevgeniy Sisoyev ma'lum qildi.

Toşkentda ŞHT TQMTning «Terrorizm bilan kuraş – çegaralarsiz hamkorlik» beşinçi ilmiy-amaliy anjumani 1-2 noyabr kunlari bölib ötdi. Unda ŞHTga a'zo davlatlar maxsus xizmatlari, kuzatuvçi maqomidagi davlatlar, xalqaro hamda mintaqaviy taşkilotlar vakillari iştirok etişdi.

«Uşbu terroristik harakat, afsuski, boşqa şunga öxşaş teraktlar kontekstida yuz berdi. Bu jarayonlar, ular, terrorizm tabiati kabi, global xarakterga ega», - degan Sisoyev. 

Şuningdek, uning sözlariga köra, Suriya-Iroq hududida terrorçilikka qarşi kuçlarning faol harbiy bosimi fonida nafaqat harbiy harakatlar geografiyasi, balki terrorçilar faoliyati taktikasi ham özgarmoqda. 

«Xalqaro terrorçilik taşkilotlari a'zolari Afğoniston hududida boşqatdan joylaşişmoqda, ŞHTga a'zo davlatlar çegaralariga juda yaqin kelişmoqda, şuningdek, dastlabki davlat hududiga qaytib, «mudroq yaçeyka»larga aylanişmoqda», - deya ma'lum qildi Yevgeniy Sisoyev.

Anjumanda ta'kidlanganidek, Yaqin Şarqda davom etayotgan qurolli ziddiyatlar doimiy tus oldi va butun jahon hamjamiyati uçun keskinlik öçoği bölib qolmoqda.