AQŞ prezidenti Donald Tramp Nyu-Yorkda terakt sodir etgan Sayfullo Soipovga ölim hukmi çiqarişga çaqirdi.

«Men Nyu-Yorkdagi terrorçini Guantanamoga (harbiy qamoqxona - tahr.) yuborişni istardim. Ammo bu jarayon köp vaqtni oladi... Tez harakat qiliş kerak. Ölim jazosi!», deya yozgan Tramp tvitterida.

Tramp bundan avvalroq ham terrorçini Guantanamoga, AQŞ hukumati terrorizmda ayblanuvçi xorijliklarni sudsiz tutib turadigan qamoqxonaga yöllamoqçiligini ma'lum qilgandi. Keyinroq u Soipov faqat qatl etilişi kerakligi haqida ayta boşladi.

Seşanba kuni Nyu-York ğarbidagi Manhettenda özbekistonlik Sayfullo Soipov boşqaruvidagi pikap velosipedçilar ustiga yurdi. U odamlarni bosib ötib, maktab avtobusiga borib urilgan. Haydovçi voqea joyidan qoçib ketişga uringanida politsiyaçilar tomonidan uşlangan.

Uning hujumi oqibatida 8 kişi halok bölib, 12 kişi jarohatlandi. Qurbonlarning beş nafari argentinaliklar, bir nafari belgiyalik va ikki nafari amerikalik edi.

Soipov dastlabki sud eşituvida qilmişidan afsuslanmasligini aytdi. Terakt sodir etiş va terrorizmda ayblangan şaxsda AQŞda ölim jazosi belgilangan.