«Batkivşina» partiyasi yetakçisi Yuliya Timoşenko Ukraina IIV rahbari Arsen Avakovning öğliga nisbatan talon-toroj qiliş böyiça işni «katta şou» deb atadi. Bu haqda «Interfaks-Ukraina» xabar bermoqda.
Timoşenkoning sözlariga köra, u Ukrainadagi korrupsiyaga qarşi kuraşga mamlakat prezidenti Pyotr Poroşenko hamda «Pyotr Poroşenko bloki» fraksiyasi rahbarining örinbosarlari Igor Kononenko va Sergey Berezenko korrupsiya uçun javobgarlikka tortilganidan keyingina işonadi.
Kuni keça Kiyevning Solomensk tuman sudi Aleksandr Avakovni talon-toroj qiliş böyiça iş yuzasidan hibsga olmagandi.
Ukraina OAV ma'lumotlariga köra, Aleksandr Avakovda tintuvlar 2015 yilning boşida mamlakat IIV mablağlari evaziga Milliy gvardiya uçun ryukzaklar sotib olişdagi talon-torojlik holati böyiça qözğatilgan iş yuzasidan ötkazilgan. 31 oktabr kuni keçqurun unga korrupsiya böyiça ayblov rasman qöyildi.

















