Ötgan hafta WhatsApp begona qurilmalardan xabarlarni öçiriş funksiyasini işga tuşirgani haqida ma'lum qilingandi. Yangi funksiya barça foydalanuvçilar uçun barça qurilmalardagi xabarlarni öçiriş imkonini beradi: u nafaqat sizning messenjeringizdan, balki xabarni oluvçining qurilmasidan ham öçadi. Bundan avval mazkur funksiya messenjerning faqat eng oxirgi beta-versiyasida işlardi, endi esa barça platformalardagi barça foydalanuvçilar şunday imkoniyatga ega bölişdi. Hi-Tech şu haqida ma'lum qildi.

WhatsApp messenjeriga egalik qiluvçi Facebook kompaniyasi öz blogida optsiyaning tölaqonli işga tuşişi haqida e'lon qildi: u butun dunyodagi foydalanuvçilarda yangilaniş jarayonini işga tuşirdi. "Endi iPhone, Android, Windows Phone, şuningdek PKdagi WhatsApp'ning sönggi versiyasida barça qurilmalardan xabarlarni öçiriş imkoni mavjud", - deyiladi xabarda.

Foto:hi-tech.mail.ru
Foto:hi-tech.mail.ru
Foto:hi-tech.mail.ru

Xabarni öçiriş uçun uni tanlab, menyudagi urna belgisini bosiş kerak. Şundan söng ekranda xabarni faqat "mendan" yoki "hammadan" öçiriş kerakligi söraladi. Xabarni oluvçi "Bu xabar öçirildi" degan yozuvni köradi. Biroq 7 daqiqadan ortiq yöllangan xabar tanlansa, bunday yozuv çiqmaydi. 

Darhaqiqat, siz xabarlarni faqat 7 daqiqa içida öçirişingiz mumkin. Şunday ekan, şoşilmasangiz, "poyezd ketib qoladi". Hozirça öçirganlik haqida hisobot yetkaziş közda tutilmagan, şu bois jarayonning muvaffaqiyatli ötgan yo ötmaganiga işonç hosil qilib bölmaydi.