Britaniyaning Bilton şahrida yaşovçi 87 yoşli Ron Goldspnik noodatiy kasallikdan aziyat çekmoqda. Qariya miyasida erkaklar xori ijrosida davlat madhiyasini eşitayotganidan arz qilmoqda.
Bu kasallik tösatdan boşlangan va erkak dastlab madhiya qöşnilari uyida yangramoqda, deb öylagan.
“Men ularga şikoyat qilgani çiqqanimda, ular uylarida madhiyani tinglaşmaganini aytişgan. Öşanda muammo ularda emas, menda ekanligini angladim”, deb aytmoqda qariya. Uning aytişiça, madhiya miyasida 4 oy oldin yangray boşlagan.
Britaniyalik uçragan kasallik “musiqiy quloq sindromi” deb ataladi va 65 yoşdan katta 10 ming kişidan bittasida uçraydi. Keksa yoşli kişilarda eşitiş qobiliyatining yöqotilişi şunday musiqiy gallyutsinatsiyalar bilan keçadi.
Britaniyalikning aytişiça, gohida madhiya miyasida juda baland yangraydi. Qariyani davolayotgan şifokor unga qanday yordam beriş mumkinligini bilolmayapti. Ron özi uçun oçgan, gallyutsinatsiyaga qarşi kuraşişning yagona yöli televizor ovozini balandroq kötarib qöyiş bölmoqda.
Qariya yaqin orada Biltonga keladigan Britaniya qiroliçasi bilan uçraşib, unga madhiyani undan köproq marta eşitganini ma'lum qilmoqçi.

















