IŞID terrorçilik guruhi Nyu-Yorkda sakkiz kişining hayotiga zomin bölgan terakt uçun mas'uliyatni öz zimmasiga oldi, deya xabar bermoqda Reuters agentligi.
IŞID a'zolarining ma'lum qilişiça, «hujum qilgan şaxs halifalik askarlaridan biri sanaladi», deb yozmoqda agentlik.
Seşanba kuni Nyu-Yorkda yuk maşinasi Manhettenning janubi-ğarbiy qismidagi velosiped yölagiga bostirib bordi. Haydovçi, Özbekiston fuqarosi Sayfullo Soipov bir neçta köçalardan harakatlanib, öz yölida paydo bölgan velosipedçilarni urib ketdi, söng maktab avtobusiga kelib urildi.
Soipov öz maşinasida hujumni IŞID nomidan sodir etayotgani haqida yozuv qoldirdi. U politsiya xodimlari tomonidan yaralandi hamda şifoxonaga olib ketildi.














