Manhettenda duşanba kuni Sayfullo Soipov tomonidan amalga oşirilgan terakt tufayli qidiruvda bölgan Özbekiston fuqarosi Muhammadzoir Qodirov sakkiz kişining hayotiga zomin bölgan fojiaga heç qanday aloqasi yöq. Bu haqda AP axborot agentligi 2 noyabr kuni huquq-tartibot idoralari vakiliga tayanib xabar tarqatgan.

Uning sözlariga köra, Qodirov Soipovning juda kam sonli döstlaridan biri bölgan, biroq, köp ehtimol bilan teraktga tayyorgarlik körişda iştirok etmagan.

Qodirov Soipov yuk maşinasini Manhetten janubi-ğarbiy qismidagi velosiped yölagiga atayin haydab borib, piyodalar va velosipedçilarni urib ketganidan söng bir neça soat ötar-ötmas, qidiruvga berilgan. Soipov politsiyaçi öqidan yaralandi va hibsga olindi, FQB agentlari esa Qodirovni qidirişga kirişişdi hamda tez orada u qayerda ekani aniqlandi.

Agentlikning ta'kidlaşiça, Qodirov terrorçilik hujumiga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olinmagan. Agentlikda bölgan bayonot matnida uning körsatişiça, «yuragi bor heç bir inson bunday jinoyatni sodir eta olmasdi». Şuningdek, u teraktni «aççiq hamda aql bovar qilmaydigan» deb atagan.

Avvalroq, Reuters agentligi huquq-tartibot idoralaridan manbaga tayanib xabar qilişiça, Soipov Qodirovdan boşqa bir şaxs bilan ham aloqada bölgan. Manba uning ismini oşkor etmadi.