Moliya bilan boğliq har qanday narsa, Qirğiziston uçun oğir masala. Mamlakat byudjyet defitsiti bilan yaşaydi. Qirğiziston taşqi sarmoyalar va qarzlarga, şuningdek, mehnat migrantlarining ötkazmalari boğlanib qolgan. «24.kg» axborot agentligi sönggi 6 yilda moliya sohasida vaziyat qanday bölganini esga oldi.
Barqaror tanqislik
«Çöntagimda şamol huştak çalib aylanayapti» — Qirğiziston byudjyeti ahvolini aynan mana şu ibora töliqroq tasvirlay olsa kerak. Mustaqillikning ilk yillaridan byudjyet defitsitligiça qolib kelmoqda. Yildan-yilga daromadlar va xarajatlar örtasidagi farq oşsa oşyaptiki, aslo kamaymayapti.
Agar 2011 yilda byudjyet defitsiti 13,6 milliard sömni taşkil etgan bölsa, 2016 yilga kelib u 7,2 milliardga köpaydi va 20 milliard 889 million sömgaça oşdi. 2017 yil yakunlariga köra, respublika byudjyetining defitsiti 21 milliard 64,8 million qirğiz sömi yoki YaIMning 4,3 foizi miqdoriga teng böladi.
Töğri, Qirğiziston tarixida amaldorlar öz nafslarini jilovlagan paytlar ham bölgan.
Qirğiziston byudjyetining minimal defitsiti 2014 yilda qayd etilgan: 1 milliard 875,5 million söm.
Bir yil avval, 2013 yilda ham körsatkiç ham yuqori emas edi — 2 milliard 330,5 million söm. 2016 yilga kelib iştaha şu darajada karnay bölganki, defitsit biratöla 14,7 milliard sömga ösgan.
Byudjyet defitsitining bu qadar çiqib tuşişining ham sabablari ham qiziq. 2012 yilda Qirğiziston ilk bora sekvestr bilan töqnaşdi. YaIMning 0,9 foizga tuşişi oqibatida, mablağ yetişmasligi Butunjahon bankidan 30 million dollar kelmagani tufayli moliya vazirligi byudjyetni «qirqdi».
Bu juda katta janjal keltirib çiqardi. Biroq şundan keyingi ikki yilda byudjyet defitsiti minimal qiymatda uşlab turildi. Moliya vazirligi noustuvor xarajatlarni maksimal qisqartiriş yöli bilan optimizatsiya ötkazdi. Qirğiziston belni mahkam boğladi va... heç qanday qörqinçli narsa sodir bölmadi.
Töğri, oldingi saboqlar tezda unutildi va 2016 yilda vaziyat takrorlandi. Butun yil böyi iqtisodiyot ösiş böyiça unçalik kayfiyatni kötarmaydigan raqamlarni körsata boşladi. Natijada moliya vazirligi yana optimizatsiyaga qöl urdi. Xarajatlar 14,9 milliard sömga qisqartirildi. Yil yakunlariga köra byudjyet defitsiti juz'iy qisqargani yöq, lekin xarajatlarni qisqartirişsiz vaziyat yanada abgor bölişi tayin edi.




















