Milliarder Riçard Brensonga tegişli Virgin Orbit kompaniyasi faqat Ğarb davlatlariga, asosan AQŞga kosmik xizmatlarni taqdim etuvçi alohida yangi kompaniya - VOX Space'ni işga tuşirdi. TechCrunch şu haqidagi ma'lumoti bilan bölişdi. 

Yangi kompaniyani yaratiş sababi - Saudiya Arabistonining yaqindagina Brensonning kompaniyalariga kiritgan investitsiyalarida. Arablar uning kosmik tadqiqotlariga milliard dollar kiritganidan söng ular biznesning bir qismi nazoratini öz qöllariga olişdi. Amerika qonunlari xorijliklar iştirokidagi kompaniyalarga NASA va Pentagon xizmatlarini taqdim etişga imkon bermaydi, şuning uçun bu iş bilan VOX Space şuğullanadi. 

Bunga qadar milliarderning uç kosmik kompaniyasi bölgan - Virgin Galactic (suborbital kosmik turizm uçun), Virgin Orbit (yuk taşuvçi missiyalar uçun) va The Spaceship Company (kosmik taşuvçilarni işlab çiqariş uçun).

VOX Space Brensonning törtinçi kompaniyasi böldi. Kompaniyaga yaqin manbaning ta'kidlaşiça, uning yaratilişi AQŞ hukumat tuzilmasining kosmosga yuk taşişga doir xizmatlarni taqdim etuvçi firmalarga qat'iy talablari natijasidir. AQŞ xorij firmalari va fuqarolariga bunday kompaniyalarda asosiy rollarda iştirok etişni taqiqlaydi. Yaqinda Saudiya Arabistoni Brensonning uç kompaniyasiga milliard dollar sarmoya kiritdi. Virgin Orbit bu sarmoyalardan 2019 yilda yuklarni orbitaga olib çiqib, 12 kosmik parvozni amalga oşirişda foydalanmoqçi. 2020 yilga borib esa, 24 parvozni amalga oşiriş rejalaştirilgan. 

Riçard Brenson nodavlat taşkilotlar uçun tijorat parvozlari bozorida pul işlab oliş niyatida. Hajmiga köra, bu bozor Amerika hukumat agentliklarinikidan ança katta. Bozorning uşbu uluşini qöldan çiqarmaslik uçun u VOX Space'ga asos solib, suğurtalandi.