AQŞ prezidenti Donald Trampning fikriça, AQŞda doimiy yaşaş maqomini beruvçi grin-karta oliş huquqini beruvçi vizalarni öynaş dasturi böyiça mamlakatga «eng yaxşi odamlar» kelmayapti.

«Agarda siz lotereya tizimi hamda bu lotereya böyiça mamlakatimizga kelayotgan kişilarga qarasangiz... şuni körasizki, davlatlar özlarining eng yaxşi, tanlangan fuqarolarini berayotgani yöq», - deya ma'lum qildi Tramp Fox News’ga bergan intervyusida.

Avvalroq Tramp Nyu-York teraktidan keyin «grin karta»ni tanqid qilgani xabar berilgandi. «Biz «xizmatlarga yaraşa» immigratsiya uçun kuraşamiz, bundan keyin demokratlar uçun lotereya tizimlari yöq. Biz endi aqlliroq bölişimiz kerak», - deya yozgandi AQŞ prezidenti.