31 oktabr kuni Nyu-York şahrida yengil yuk maşinasini haydab kelayotgan şaxs 8 kişini bosib öldirdi va 12 kişini jarohatladi. Avtomobil kelib çiqişi özbekistonlik 29 yoşli Sayfullo Soipov tomonidan boşqarilgan. AQŞ ma'muriyati hodisani terakt deb baholadi.

Sayfullo Soipov 2010 yilda Özbekistondan Amerikaga borgan va ötgan vaqt davomida vataniga qaytmagan. U Florida va Nyu-Jyersi ştatlarida yaşagan, Uber’da taksi haydovçisi bölib işlagan. Kompaniyadagilar Soipov kompaniyada 6 oydan ziyod vaqt davomida işlaganini tasdiqladi. Bu davr içida u 1400dan ortiq buyurtmani bajargan, şundan söng kompaniya u bilan hamkorlikni töxtatgan.

AQŞ prezidenti Donald Tramp Sayfullo Soipov ölimga hukm etilişini istamoqda. U bugun ikki marta şunday çaqiriq bilan murojaat qildi.

Tramp darğazab

AQŞ prezidenti Donald Tramp bu voqeaga alohida e'tibor qaratdi. U darhol mamlakatda çegara nazorati kuçaytirilişini ma'lum qildi. 

Prezident avvaliga terrorçini Guantanamoga, AQŞ hukumati terrorizmda ayblanuvçi xorijliklarni sudsiz tutib turadigan qamoqxonaga yöllamoqçiligini ma'lum qilgandi. Keyinroq u Soipov faqat qatl etilişi kerakligi haqida ayta boşladi.

«Nyu-York terrorçisi öz palatasiga IŞID bayroğini osişni söradi. U 8 kişini öldirdi yana 12 kişini jarohatladi. Buning uçun unga ölim jazosi berilişi kerak!», deb yozdi u tvitteriga.

U fikrida qat'iyligini bildirdi.

«Men Nyu-Yorkdagi terrorçini Guantanamoga (harbiy qamoqxona - tahr.) yuborişni istardim. Ammo bu jarayon köp vaqtni oladi... Tez harakat qiliş kerak. Ölim jazosi!», deya yozgan Tramp.

Ölim jazosiga AQŞning köplab ştatlari, şu jumladan, Soipov xunrezlik sodir etgan Nyu-Yorkda ruxsat bor. Lekin bu ştatda ölim jazosi oxirgi marta 1963 yilda ijro etilgan.

Tramp qarşi. Lekin hozirça «grin karta» viza lotereyasi töxtatilmaydi