Rossiya va Özbekiston RF boş vaziri Dmitriy Medvedevning mamlakatimizga taşrifi davomida ikki tomonlama muzokaralar yakunlari böyiça hujjatlar paketini imzoladi.
Hujjatlar Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov va uning hamkasbi Dmitriy Medvedev iştirokida imzolandi.
Ikki mamlakat örtasida quyidagi hujjatlar paketi imzolandi: RF Mehnat va bandlik federal xizmati va Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari bilan şuğullanuvçi agentlik örtasidagi kelişuv, "Rosatom" davlat korporatsiyasi va Özbekiston Fanlar akademiyasi örtasidagi tinçlik maqsadlarida atom energiyasidan foydalaniş sohasidagi hamkorlikka doir memorandum, "TVEL" AJ va Özbekiston Fanlar akademiyasining Yadroviy fizika instituti örtasidagi SSR-SM tadqiqot reaktori uçun yoqilği işlab çiqariş va uni yetkaziş töğrisidagi şartnoma.
Bundan taşqari, hujjatlar orasida "Şörtan TKKning tozalangan metan bazasida sintetik suyuq yoqilği işlab çiqariş" loyihasini moliyalaştirişni taşkillaştirişga doir kelişuv, "Jizzax viloyatida neftni qayta işlovçi zavodning qurilişi" investitsion loyihasini moliyalaştirişga doir bazaviy bitim, Rossiya eksport markazi hamda "Özsanoatqurilişbank" ATB örtasidagi hamkorlik va kredit limitining örnatilişiga doir kelişuv ham bor.
Şuningdek Özbekiston taşqi savdo vazirligi hamda RF sanoat va savdo vazirligi örtasida örmon sanoati va işlab çiqariş çiqindilarini qayta işlaş texnologiyalari sohasida özaro anglaşuv memorandumi ham imzolandi.
"Kamaz" va "Özavtosanoat" hamkorlikka doir şartnomani imzoladi.
"Özqurilişmateriallari" va Yevrosement guruhi örtasida yiliga 2,4 million tonna sement işlab çiqaruvçi "Yangi sement zavodi qurilişi"ga doir kelişuv imzolandi.
Özbekiston Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi hamda "Gazprombank" örtasida Özbekiston-Rossiya tuzilmaviy moliyalaştiriş markazini yaratiş töğrisidagi kelişuv imzolandi.
Ta'kidlaş joizki, Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev 2 noyabr kuni ikki kunlik rasmiy taşrif bilan Toşkentga kelgan. U Özbekiston poytaxtiga Pekindan uçib keldi, Medvedev 31 oktabrdan rasmiy taşrif bilan Xitoyda bölgan.

















