31 oktabr kuni IŞIDga sodiqlik keltirgan 29 yoşli Sayfullo Soipov Manhettendagi velosipedçilar yölagida 8 kişining umriga zomin böldi. Hujum terroristik harakat deb tan olindi, Soipov radikallarning tarğibot filmlaridan ilhomlanib, bir neça oy davomida hujumga tayyorgarlik körgan. «Meduza» terakt qurbonlari kim ekanligi va oddiy politsiyaçi Rayan Neş terrorçini qanday töxtatişga muvaffaq bölgani haqida ma'lumot berdi.

31 oktabr, seşanba kuni Nyu-York politsiyasi xodimi Rayan Neş va uning şerigi Jon Hesiotis Manhettendagi Stayvezent maktabiga qönğiroq böyiça kelişadi. Politsiyaçilarni maktab hamşirasi çaqirtirgan - öquvçilardan biri öz joniga qasd qilmoqçi edi. Neş va Hesiotisga yana ikki politsiyaçi yordam beriş uçun yetib kelgan. Ular öquv dargohida bölib turganlarida, asli kelib çiqişi özbekistonlik bölgan Sayfullo Soipov Çambers-stritda sakkiz kişining umriga zomin böldi; Stayvezent maktabi ham xuddi şu köçada joylaşgandi.

Foto: AP

Tört nafar politsiyaçining barçasi maktabdan yugurib çiqib, yaşirinişga harakat qilayotgan Soipovni ta'qib qilişgan. Soipovning yonida ikkita töpponça bor edi, u köça böylab yugurar hamda «Ollohu akbar» deb baqirardi. Neş terrorçiga eng yaqin masofada bölgan. U Soipovga töxtaşni buyurgan, biroq jinoyatçi bunga itoat etmadi; Neş xizmat töpponçasini olib, yugurib ketayotgan jinoyatçiga töqqiz marta öq uzgan. Öqlardan biri Soipovga tekkan, u unça oğir bölmagan holda yaralangan va hozir kasalxonada. Uning qölidagi qurol esa jangovar bölmagan – ular peyntbol va pnevmatik töpponça bölgan. Neşning şeriklari öq uzişmagan, ular ötkinçilarni yaralab qöyişdan çöçişgan.

28 yoşli Neş, The New York Daily Post’ning yozişiça, şifokorlarga quloğidagi şovqin böyiça şikoyat qilgan. U jarohat olmagan. Nyu-York ştati gubernatori Endryu Kuomo Neşni qahramon deb atagan bölsa, şahar hokimi Bill de Blazio politsiyaçi özini juda jasur tutganini ma'lum qildi.

Nyu-Yorkdagi velosipedçilar yölagiga hujum oqibatida sakkiz kişi halok böldi, 11 kişi jarohatlandi. Qurbonlarning beş nafari bir-birini yaxşi tanigan.

Foto: AP

Xernan Mendoza, Diyego Angelini, Alexandro Panuçço, Ariel Erliy va Xernan Ferruçi kollejni bitirişganiga 30 yil tölganini nişonlaş maqsadida Nyu-Yorkka kelişgan. Ularning barçasi Rosario şahridan bölib, 1987 yilda bitta kollejni tamomlaşgan va öşandan beri döst bölib qolişgan. Amerika Qöşma Ştatlariga safarni Argentinada ança taniqli bölgan tadbirkor Erliy taşkillaştirgan, u şuningdek, çiptalar uçun puli bölmaganlarga çipta ham olib bergan, deya yozadi The Washington Post.