Kataloniya oktabr oyida mintaqaning mustaqilligi böyiça referendum bilan boğliq keskin vaziyat tufayli Ispaniyaning 17 ta muxtor hududiga qaraganda eng köp iş örinlarini yöqotdi. Bu haqda AR xabar bermoqda.
 
Ta'kidlanişiça, mintaqa Kataloniya yetakçilari örtasida töqnaşuvlar fonida qariyb 15 mingta iş örnini yöqotgan.

Siyosiy beqarorlik şunga olib keldiki, mingdan ortiq kompaniyalar öz qarorgohlarini Ispaniyaning boşqa tumanlariga köçirişdi. Ular  Kataloniya mustaqillikni qölga kiritadigan bölsa, Yevropa Ittifoqining umumiy bozoridan çetga çiqib ketişdan xavfsiraşmoqda. 

Naşrning ta'kidlaşiça, Ispaniyada oktabr oyida işsizlik darajasi 58 ming kişiga oşdi.