Kuni keça AQŞning Nyu-York şahrida sodir etilgan vahşiy zöravonlik ortidan barça özbekistonliklarning qalbi qattiq yaralandi. Özbekistonimiz ma'rifat diyori, bağrikenglik ölkasi, insonparvar yurt hisoblansada, öz ona Vatanini pul ilinjida taşlab çiqib, bir töda razillar domiga tuşib qolayotgan yoşlar bu muqaddas zaminimiz nomiga putur yetkazmoqda, deyiladi Özbekiston yoşlar ittifoqi xabarida.

Şu sababli, #UzbYoshlariTerrorgaQarshi internet aksiyasi orqali Özbekiston yoşlari tinçliksevar ekanligi, bizning tuproqdan jahon sivilizatsiyasi ravnaqiga hissa qöşgan qançadan-qança buyuk zotlar yetişib çiqqanligi, xalqimiz nafaqat birovning jismiga, balki qalbiga ham ozor yetkazişni katta gunoh hisoblaşi haqida jahon hamjamiyatini keng xabardor qilişni niyat qilganmiz.

Bu murojaatni bee'tibor qoldirmay, aksiyamizda özingiz va yaqinlaringiz bilan faol iştirok etişingizga işonamiz! Zero bizning yurt ma'rifatparvar, tinçliksevar va bağrikeng insonlar diyoridir.