Kataloniya viloyatining 200 aholi punkti merlari viloyatning sobiq rahbari Karles Puçdemonni qöllab-quvvatlagani Bryusselga kelişdi. Ta'kidlanişiça, Kataloniyada hammasi bölib 947 ta şahar va posyolkalar mavjud.

Ular “Siyosiy mahbuslarga ozodlik” deb yozilgan plakatni qöllarida uşlagança Yevropa komissiyasi binosi oldida tizilişib, Kataloniya madhiyasini ijro etişgan.

Kataloniya vakillari şu tariqa Puçdemonning jinoiy ta'qib qilinişiga YeIning e'tiborini qaratişni istaşgan.

Madrid Puçdemon va Kataloniyaning yana bir neça rasmiy şaxslarini isyon kötarişda, referendum ötkaziş orqali davlat pullarini behuda sarflaşda va muxtoriyat mustaqilligini e'lon qilişda ayblamoqda. 

Bryusselda Puçdemonning Ispaniyaga topşirilişi masalasi hal qilinmoqda.