AQŞ savdo vaziri Uilbur Ross Forbes jurnali reytingiga kiriş uçun öz davlati miqdorini 2 mlrd. dollarga oşirib körsatgan. Bu haqda Forbes saytida xabar berildi.
Ma'lum bölişiça, 2016 yilda Rossning boyligi 2,9 mlrd. dollarga baholangan. Biroq, u AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyatida iş örniga ega bölgaç, rasmiy ma'lumotlar uning aktivlari qiymatini oşkor etdi – ular 700 mln. dollardan kamroqni taşkil qilgan.
Öz navbatida vazirning sözlariga köra, 2 mlrd. dollardan ortiq kapitali oilaviy trastlarda saqlanadi. Ross trastlar haqida ma'lumot taqdim etişdan boş tortdi va bu maxfiy ma'lumotligini bildirdi.
«Forbes bir oylik jiddiy tekşiruvdan söng javobni topganiga işonçi komil: bu pullar heç qaçon bölmagan. Ross bizga yolğon sözlagani oşkor böldi», - deya ma'lum qilişgan naşrdan.
Avvalroq Paradise Papers ofşor hujjatlarida foş qilingan 5 ta eng yirik holat haqida ma'lumot berilgandi. Unda Uilbur Rossning Rossiya bilan aloqalari ança qalin bölib çiqqani haqida söz yuritilgan.

















