Barselonada Kataloniya mustaqilligi e'lon qilingani bilan boğliq holda hibsga olingan öndan köproq siyosatçining ozod qilinişi talabi bilan namoyiş ötmoqda.
Namoyiş “Kataloniya milliy assambleyasi” harakati va Omnium Cultural tomondan taşkillaştirilgan. Bu harakatlar yetakçilari Jordi Sançes va Jordi Kuişar isyon kötarişda ayblanib hibsga olinganlar. Ulardan taşqari, Kataloniya jyeneralitetining 8 nafar sobiq a'zosi, jumladan Kataloniya rahbari örinbosari Oriol Junkeras ham hibsda uşlab turilibdi.
150 ming yevrolik garov puli evaziga ozodlikka çiqqan, Kataloniya parlamenti spikeri Karme Forkadel va tergov ostida bölgan, parlament prezidiumining sobiq a'zolari namoyişda iştirok etişdan boş tortişgan. Namoyişdagi kolonnalardan biriga hibsga olingan siyosatçilarning yaqinlari, jumladan baloğatga yetmaganlar boşçilik qilişgan. Ular “Siyosiy mahbuslarga ozodlik” şiori ostidagi transparantlar bilan yurib ötişgan. “Biz respublika” şiori ostidagi ikkinçi kolonnada Kataloniya mustaqilligini qöllab-quvvatlovçi partiyalar vakillari borişgan.
11 noyabrni namoyiş taşkilotçilari “Ozodlikning milliy diadasi” deb ta'riflaşdi. Diada – Kataloniyaning mustaqillik kuni bölib, har yili muxtoriyatda 1714 yil 11 sentabrda Barselonaning qamal qilinişi yakunlanişini eslab ötkaziladi. Öşanda Ispaniya merosi uçun uruşda kataloniyaliklar öz muxtoriyatlarini qöldan boy berganlar hamda Aragona va Kataloniya qirolligi tugatilgan.













