Ijtimoiy tarmoqlarda Boş vazir Abdulla Aripov tomonidan 2017 yil 14 noyabr kuni imzolangan Vazirlar Mahkamasining 913-sonli «Yoqilği-energetika resurslari bilan öz vaqtida ta'minlaş böyiça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori tarqab ketdi.
KUN.UZ’ning bir neça manbalardan suriştiruviga köra, uşbu qarorning haqiqiyligi tasdiqlandi.
Qaror matniga köra, u Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 noyabrdagi PQ-3386 sonli «Yoqilği-energetika resurslari va boşqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan ta'minlaş sohasida raqobatbardoşlik muhitini takomillaştiriş, suiiste'molçilik va öğirlik bilan boğliq şaroitlarga barham beriş, tölov intizomini mustahkamlaş, debitor va kreditor qarzdorliklarni qisqartiriş töğrisida»gi qarorini amalga oşiriş, şuningdek, yoqilği-energetika resurslariga jahon bozoridagi narxlarning oşib borayotganligi yuzasidan qabul qilingan.
Qarorga köra, avtobenzin va dizel yoqilğisi iste'moli uçun soliqlarni hisobga olib, 2017 yil 15 noyabrdan boşlab quyidagiça çakana narxlar örnatilmoqda:
Ai-80 markali avtobenzin uçun — 1 litriga 3800 söm;
Ai-91 markali avtobenzin uçun — 1 litriga 4300 söm;
Dizel yoqilğisi — 1 litriga 4100 söm;
EKO dizel yoqilğisi uçun — 1 litriga 4200 söm;
QQS bilan hisobga olingan holda ulgurji narxlar:
Aviakerosin — 1 tonnasiga 4.450 ming söm;
Yöl bitumi — 1 tonnasiga 2.300 ming söm;
Yonilği mazuti — 1 tonnasiga 2.400 ming söm;
Motor moyi — 1 tonnasiga 4.800 ming söm;
Sanoat moylari — 1 tonnasiga 3.400 ming söm;
Qarorga köra, Yevropa sifati va standartlariga mos keluvçi, import qiliş orqali olib kiriladigan va import xomaşyoni qayta işlaş natijasida olinadigan Ai-92, Ai-93, Ai-95 va Ai-98 markali avtobenzinlar hamda dizel yoqilğisi, şuningdek, aviatsion yoqilği Vazirlar Mahkamasi tomonidan röyxati tuziladigan quyiş şoxobçalari va aeroportlardagi punktlar orqali tijorat narxlarida sotiladi.

















