13 noyabr kuni xalq deputatlari Şerobod tuman Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Unda taşkiliy masala körildi. 

Sessiyada Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov iştirok etdi va tumanda qölga kiritilayotgan yutuqlar bilan bir qatorda ayrim kamçiliklar ham uçrab turganini qayd etdi. U joriy yilning 9 oyi davomida fuqarolardan tuşgan murojaatlarning aksariyati, ya'ni 80 foizi faqatgina tuşuntirişlar beriş bilan çegaralangani, tumandagi mutasaddi idoralarda murojaatlar bilan işlaş, masalani hal etiş qoniqarsiz ahvolda ekanini aytib ötdi. 

Şuningdek, aholining kommunal tölovlardan qarzdorligi yuqori darajada saqlanib qolayotgani, içki yöllarni ta'mirlaş, tumanning eksport salohiyati past ahvolda ekani, yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş, qişloq xöjaligida agrotexnik tadbirlarning öz vaqtida olib borilmayotgani tuman iqtisodiyotiga salbiy ta'sir körsatayotgani ta'kidlandi. 

Viloyat hokimligi matbuot xizmati bergan xabarga köra, sessiya kun tartibida tuman hokimi vazifasida işlab kelayotgan Abdulhakim Eşmuratov lavozimidan ozod etildi. 

Tuman faollari, deputatlar, siyosiy partiyalar vakillarining taklif va mulohazalari inobatga olinib, tuman hokimi lavozimiga şu kunga qadar Surxondaryo viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari vazifasida işlab kelayotgan Örol Abrayquloviç Boboqulov tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Bundan avvalroq «Özpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati boş direktori Yaşin Sohiboviç Xidirov lavozimdan olinib, Surxondaryo viloyatining Şerobod tumaniga hokimning ijtimoiy-iqtisodiy işlar böyiça örinbosari etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.