Qozoğiston taşqi işlar vaziri Qayrat Abdrahmanov Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyevning sönggi bayonotlariga izoh berdi, deya xabar qilmoqda qozoq OAV.

«Diplomat hamda Qozoğiston Respublikasi taşqi siyosat idorasi rahbari sifatida, men boşqa davlat yetakçisining bayonotiga baho bera olmayman. Men faqat taniqli siyosatşunosning fikriga qöşilaman. U Qirğizistonning öz lavozimini tark etayotgan prezidenti bayonotlari siyosiy boadablik qoidalari va suveren mamlakat rahbari maqomiga töğri kelmasligi haqida aytib ötdi», - degan Qayrat Abdrahmanov jurnalistlarga.

Uning ma'lum qilişiça, Qozoğiston tomoni va hukumati Qirğiziston hukumati bilan avval erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş böyiça samarali işlaş mumkinligiga işonmoqda.

Eslatib ötamiz, Atamboyev keça, 15 noyabr kuni öta keskin bayonot berib, «Qozoğiston rahbariyati xarxaşasi» haqida gapirdi.