Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kutilmagan burilish. Neymar o‘zini «PSJ»ga sotmaslikni so‘rab, rahbariyatga yalingan
Foto: Reuters
«Barselona»dan «PSJ» klubiga o‘tish chog‘ida Neymar kuchli ruhiy kechinmalarni boshidan o‘tkazgani ma'lum bo‘ldi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Neymar guvohlar huzurida, «Barselona» prezidenti Xosep Mariya Bartomeuga ikki marta ko‘zida yosh bilan murojaat qilib, o‘zini «PSJ» klubiga qo‘yib yubormaslikni so‘ragandi.
Lekin «Barselona» Neymarning transferi uchun 222 mln yevro ishlab olishni ma'qul ko‘rgan.
Bundan avvalroq Ispaniya matbuotida Neymar «PSJ»ga o‘tganidan afsusda ekani va «Barselona»ni qo‘msayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Bundan tashqari, Neymar «Barselona»ni Messini soyasida qolib ketayotgani tufayli tark etgani, Parijda esa asosiy futbolchiga aylanmoqchi ekani haqida ham yozildi.
Yaqinda esa, «Real» uni Krishtianu Ronalduga o‘rinbosar sifatida xarid qilmoqchi bo‘layotgani haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi.
Mavzuga oid
12:33 / 26.04.2026
«Barsa»ga bir qadam qoldi, «Siti» yana bir finalda. Kun o‘yinlari
12:21 / 23.04.2026
«Siti» birinchi o‘ringa chiqib oldi, Yamalda jiddiy jarohat
20:47 / 22.04.2026
«Barselona» sobiq hujumchisi Neymar firibgarlik ishi bo‘yicha oqlandi
02:10 / 15.04.2026