AQŞning The Washington Post naşri özining tadqiqoti yordamida AQŞ prezidenti Donald Tramp prezident etib saylangandan keyin 1628 ta notöğri yoki xato ma'lumot berganini aniqladi.
14 noyabrda Trampning prezident lavozimini bajarayotganiga 298 kun bölgan va hisoblab çiqilsa, u kuniga 5,5 ta yolğon ma'lumot bergan.
Ta'kidlanişiça, u 50 ga yaqin e'tirozini 3 martadan köproq bildirgan.
Gazetaning hisoblab çiqişiça, Tramp AQŞdagi işsizlik, soliqlar, AQŞ fond bozori, Obamacare dasturi haqida köproq notöğri va xato ma'lumot beradi.
Tramp Obamacare islohotlari haqida eng köp marta şubhali ma'lumot bergan: u 60 marta dasturning bekor qilingani haqida gapirgan.
Tramp 50 marta AQŞda yaratilgan iş örinlari haqida yolğon ma'lumot bergan. Bunday yolğon ma'lumotlardan biri – AQŞ davlat kotibi Reks Tillersonning kompaniyasi ExxonMobil Tramp prezidentligi vaqtida quriliş sohasida 35 mingta vaqtinçalik va 12 mingta töliq stavkali iş örni yaratgani haqidagi bayonoti bölgan.
Mashable naşrining yozişiça, agar Tramp şunday davom etsa, unda 2017 yil oxirigaça 2 ming marta, prezidentlik muddati yakunlangungaça 8 mingta yolğon ma'lumot berişga "ulguradi". Tramp OAVga nisbatan köpinça “yolğon yangiliklar” iborasini köp işlatsa-da, uning özi bunday yolğon ma'lumotlarga köp miqdorda yöl qöyar ekan.

















