Toşkent şahrida Özbekiston sanoat korxonalarida energiya tizimlarini boşqarişning xalqaro standartlarini joriy qiliş masalalariga bağişlangan seminar bölib ötdi. Uning taşkilotçilari - Jahon banki va Iqtisodiyot vazirligi böldi. Tadbirda 50dan ziyod iştirokçi - vazirlik va idoralar, yirik sanoat korxonalari, davlat neft-gaz, avtomobilsozlik, kimyoviy, temir yöl, paxtaçilik va yengil sanoat kompaniyalari, şuningdek ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy öquv muassasalarining   rahbarlari qatnaşişdi. 

Bugungi kunda sanoat sektori energiya iste'moli hajmi böyiça uy-joy sektoridan keyin ikkinçi örinni egallab turibdi. Sanoatning köp energiya sarflovçi tarmoqlari, eskirgan işlab çiqiş jarayonlari, samarasiz uskunalar va tizimli monitoring hamda sanoat obektlarida energiyadan foydalaniş nazoratining yöqligi milliy energiya sarfining asosiy omillaridir.

Energiyadan samarali foydalaniş vositalarni tejaşga, tabiiy resurslar iste'molini kamaytirişga va iqlim özgarişi bilan boğliq muammolarni hal qilişga kömak beradi. Xalqaro ISO 50001 standarti barça sohadagi taşkilotlarga energetik menejment tizimini (EMT) joriy qiliş orqali energiyadan yanada samarali foydalaniş imkonini beradi. Mamlakat korxonalarida EMTni joriy qiliş 2015 yilning may oyida Özbekiston Prezidentining 2343-sonli qarori bilan tasdiqlangan edi. Öşandan buyon mamlakatning 24 korxonasi xalqaro ISO 50001 standartiga muvofiqlik sertifikatidan ötgan.

2016 yilning martida Jahon banki va Iqtisodiyot vazirligi KGGTF qöllab-quvvatlaşi ostida Özbekiston korxonalarida xalqaro ilğor tajriba asosida EMTni joriy qilişga doir boşlanğiç dasturni yölga qöyişgandi. Dastur Jahon bankining Özbekistonda energosamaradorlik darajasini oşirişga yönaltirilgan taşabbusining bir qismi hisoblanadi.

"Bugungi kunda Jahon banki biz tomonimizdan moliyalaştirilayotgan mahalliy sanoat korxonalarining energosamaradorligini oşiriş va Özbekistondagi elektr energiya yetkazuvçi tarmoqlar modernizatsiyasiga yönaltirilgan loyihalar doirasida mamlakat hukumatining energiya xarajatlarini kamaytirişga doir sa'y-harakatlarini qöllab-quvvatlab, 275 ming AQŞ dollari ajratdi. Biz boşlanğiç dasturning ham mazkur maqsadga erişişga öz uluşini qöşayotganidan xursandmiz", - dedi Jahon bankining energetika masalalari böyiça katta mutaxassisi Feng Lyu.

EMT masalalariga bağişlangan seminar davomida Jahon banki ekspertlari va boşlanğiç dasturda qatnaşgan sanoat korxonalari vakillari iştirokçilarni bugunga qadar olingan natijalar bilan taniştirişdi.