18 noyabrda bir neça yuz kişi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va u boşçiligidagi hukumatning ijtimoiy-mehnat sohasidagi islohotlariga qarşi namoyişda iştirok etmoqdalar. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
“Yelisey saroyiga yuriş” deb nom olgan namoyişni ötkaziş taşabbusini söl partiya “Jamoat fronti” va kasaba uyuşmalari vakillari bildirişgan. Namoyiş Parijning 17-okrugidagi marşal Juen maydonidan boşlanib, Makron qarorgohidan bir neça yuz metr naridagi Peru maydonida yakunlangan.
Namoyişçilarni Yelisey maydoniga politsiyaning köp sonli naryadlari qöymayapti. Ayni vaqtda heç qanday jiddiy holatlar yuz bermagan, biroq aksiya iştirokçilari tajovuzkorlik namoyiş qilmoqdalar: politsiya nomiga haqoratli sözlar aytilgan, namoyişçilardan biri esa politsiyaçilar tomon fayyer uloqtirgan.

















