Çili sobiq prezidenti Sebastyan Pinera davlat rahbari saylovlarida yetakçilik qilmoqda, biroq birinçi tur yakunlari böyiça davlatdagi oliy lavozimni egallaş uçun yetarli ovozlarni töplay olmayapti. Bundan respublika Saylov xizmat saytida e'lon qilingan ovoz beriş natijalari haqidagi ma'lumot darak bermoqda.
Dastlabki yakunlarga köra, “Çili, olğa!” hukmron alyansidan nomzodi ilgari surilgan Pinera uçun saylovçilarning 36,67 foizi ovoz bergan. Hukmron söl markaz koalitsiyaga kiruvçi qator partiyalar qöllab-quvvatlayotgan senator Alexandro Giler uçun 22,63 foiz ovozlar berilgan. Uçinçi örinni esa “Keng front” söl koalitsiyasidan bölgan jurnalist Beatris Sançes 20,39 foiz ovozlar bilan egallab turibdi.
Pinera bölib ötgan ovoz beriş jarayoni yakunlari böyiça ğalaba qozoniş uçun aksariyat ovozlarni qölga kiritişi lozim edi. Saylovlarning ikkinçi turi 17 dekabr kuni bölib ötişi kerak.
Eslatib ötamiz, Çilida yakşanba kuni prezidentlik va parlament saylovlarida ovoz beriş jarayoni bölib ötdi. Davlat rahbari lavozimi uçun sakkiz nomzod kuraş olib bordi.













