20 noyabrda Özbekistonda Jahon bolalar kuni munosabati bilan UNICEF hamda davlat idoralari bilan hamkorlikda qator tadbirlar taşkil etildi.  Mazkur tadbirlar doirasida Oliy Majlisning quyi palatasida Yoş avlod kengaşi a'zolari va senatorlar, vazirlar, turli taşkilot rahbarlari iştirokida davra suhbati taşkil etildi. 

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, viloyatdan saralab olingan iqtidorli öquvçilar öz loyihalari bilan taqdimotlar qilişgan. Yoşlar öz çiqişlarida hududlarda mavjud bölgan bolalar hayotiga oid muammoli masalalar va ularni hal etiş böyiça taklif, ğoyalarni taqdim etişdi. Şuni alohida qayd etiş lozimki, joriy yilda bolalar öz loyihalarni erkin, ravon bayon etişdi. 

Saşa Graumann, UNICEF'ning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari:

Foto: Saşa Graumann/UNICEF Uzbekistan

"Bolalarning huquqlarini kafolatlaş qonuniy yoki ma'naviy mas'uliyatnigina nazarda tutmaydi, u iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy masalalarni hamda davlat tomonidan ajratiladigan moliyaviy mablağlarni ham öz içiga oladi. Ulğayib borayotgan va kelasi ön yil içida işçi kuçiga aylanuvçi yoşlariga ega bölgan Özbekiston muhim demografik bosqiçda turibdi. Agarda munosib sarmoyalar kiritilsa, soni ortib borayotgan yoş aholi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning navbatdagi bosqiçiga olib çiqadigan avlod bölib yetişadi".

Foto: UNICEF Uzbekistan

Kunning ikkinçi qismida bolalar Inson huquqlari böyiça milliy markaz bilan "Bolalar va yoşlar masalalari böyiça ombudsman töğrisida"gi qonun loyihasini muhokama qilişdi. Öquvçilar uşbu qonun loyihasi qay tartibda bolalar huquqini özida töliq mujassam etişi mumkinligi haqida fikr-mulohazalar bildirişdi.

Foto: UNICEF Uzbekistan
Foto: UNICEF Uzbekistan