20 noyabr kuni taxminan soat 09:10da Toşkent şahrida joylaşgan Respublika ruhiy xastaliklarni intensiv kuzatiş şifoxonasidan uç nafar bemor qoçib ketgandi.

Toşkent şahar IIBB tezkor-qidiruv guruhi tomonidan qoçoqlarning şaxsi aniqlanib, ular şifoxonada davolanayotgan Şerqul Omonov, Ma'ruf Raşidov va Ahror Hamroyev ekani aniqlangan. Bu haqda Toşkent şahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni paytda şifoxona bemorlarining ikki nafari, Raşidov hamda Hamroyev qölga olingan. Muqaddam Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 169-moddasida körsatilgan jinoyatni sodir etgan Şerqul Omonov hozirça oçiqda qolmoqda. 

Xabar matnida bemorlarning qanday qilib qoçib ketişga muvaffaq bölgani haqida ma'lumot berilmagan.