Toşkent va Buxoroda joylaşgan ruhiy-asab kasalliklari dispanserida şaxsini tasdiqlovçi hujjatlari bölmagan bemorlar ham saqlanayotgani aniqlangan. Bu haqda Ombudsman matbuot kotibi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman)ning Toşkent şahri va Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili ikkita hududdagi ruhiy-asab kasalliklari dispanserida monitoring ötkazgan.

Jumladan, Toşkentdagi 445 örinli va Buxorodagi 500 dan ortiq bemor davolanayotgan şifoxonalarda yotoqxonalar, oşxona, davolaş bölimlari hamda hududdagi boşqa şart-şaroitlar közdan keçirilgan.

Monitoringda har ikkala muassasadagi barça bemorlar elektron reyestrga kiritilib, röyxati şakllantirilgani, şifokorlar davolanayotgan şaxslarning ruhiy holatini nazorat qilayotgani, davolanişga körsatmasi mavjud bemorlar soğlomlaştirişga jalb etilayotgani ma’lum bölgan.

Biroq Buxorodagi şifoxonada ham ba’zi bemorlarning şaxsini tasdiqlovçi hujjatlari yöqligi, şu sababli ularga nogironlik nafaqasini tayinlaşda amaliy yordam körsatiş zarurligi, şaxsi noma’lum, boquvçisi va qarovçisi yöq bemorlarga vasiylik tayinlaş böyiça ehtiyojlar borligi aniqlangan.

Toşkentdagi muassasada davolanayotgan 59 nafar majburiy davolaniş ötayotgan bemorlarning şaxsini tasdiqlovçi hujjatlari yöqligi bois Tibbiy mehnat ekspert komissiyasi körigidan ötkaziş hamda ularga nafaqa puli tölanişi töxtatilgan.

Ba’zi bemorlar davolaniş uçun boşqa viloyatda joylaşgan psixiatriya muassasasiga köçirilganda ularga maxsus avtoulov zarurligi, sönggi 4 yil içida davolanuvçilarga kiyim-keçak va boşqa kerakli jihozlar ajratilmagani ma’lum bölgan.

Qayd etilişiça, monitoring yakunlariga köra, har ikki şifoxonada aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça Soğliqni saqlaş vazirligi va boşqa taşkilotlarga Ombudsman taqdimnomasi kiritilgan.