Tojikiston kelasi yil boşidan Özbekistondan beş yil muqaddam töxtatib qöyilgan tabiiy gaz xaridini tiklaşni rejalaştirmoqda. Tegişli oğzaki kelişuvlarga erişib bölingan, ayni damda Tojikiston gaz taqsimlovçi kompaniyasi mamlakat sanoat korxonalarining ehtiyojini aniqlaştirmoqda, şundan söng bu haqda aniq gapiriş mumkin böladi, deb xabar qilmoqda Aziya Plyus.
«Tojiktransgaz» va «Öztransgaz» örtasida tabiiy gaz yetkazib berişni tiklaş böyiça muzokaralarning birinçi bosqiçi bir oy avval Termizda energetik hamkorlik böyiça tojik-özbek muloqoti doirasida bölib ötdi. Öşanda «gaz masalasi»dan taşqari, Markaziy Osiyoning yagona energetik tizimini tiklaş va özaro elektr energiyasi yetkazib beriş haqida gap borgan.
Noyabr boşida esa ikki davlat gaz taqsimlovçi kompaniyalari vakillari Toşkentda uçraşib, Tojikistonga özbek gazining yetkazib beriş narxlari hamda hajmlarini muhokama qilişdi.
«Tojiktransgaz» muzokaralar böyiça ma'lumotni oçiqlaşni istamayapti, ular jurnalistlar öz maqolalari bilan jarayonga xalaqit qilişlaridan xavfsiramoqda. Kompaniya içki infratuzilma holatiga aniqlik kiritmagan, şuningdek, özbek gazini oladigan ehtimoliy iste'molçilarni ham aytmagan. Gaz taqsimlovçi korxonaga yaqin bölgan manbalarning iddao etişiça, aholini import gazi bilan ta'minlaş hozirda umuman körib çiqilayotgani yöq. «Aholini özbek gazi bilan ta'minlaş haqida heç kim hozirça öylayotgani yöq. Bu yaqin yillarda yuz bermasa kerak. Buning uçun infratuzilmani tartibga keltiriş kerak, u qariyb ön yil davomida işlatilmadi. Axir gaz bilan hazillaşiş xavfli, kiçik xatolar ham juda jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkin. Buning ustiga aholi import gazi uçun tölovni öz vaqtida amalga oşira olişi borasida şubhalar bor», - deya aytib ötgan manba.
Suhbatdoşning ta'kidlaşiça, ayni damda «Tojiktransgaz» tabiiy gazni olişdan manfaatdor bölişi mumkin bölgan sanoat korxonalari bilan işlamoqda. «Tayyorgarlik va korxonalar ehtiyoji aniqlanganidan söng «Öztransgaz»ga aniq hajm beriladi, tomonlar şuning asosida yoqilği qiymatini muvofiqlaştirib oladilar», - deya qöşimça qilib ötdi manba.
Kutilişiça, yil oxiriga qadar uşbu barça masalalar böyiça kelişib olinadi va tomonlar bir yillik şartnoma imzolaydi, unga asosan 2018 yilning boşidan özbek gazi yana Tojikistonga yetkazib beriladi.

















