Özbekiston Professional Futbol Ligasi Tartib-intizom qömitasi 19 noyabr kuni, Oliy Liga 29-turi doirasida Qarşi şahridagi «Markaziy» stadionida bölib ötgan «Nasaf» – «Paxtakor» uçraşuvidan söng, stadiondagi muxlislar va «Paxtakor» klubi darvozaboni Aleksandr Lobanov örtasida yuz bergan voqeani örganib çiqdi.
Öyindan söng, Aleksandr Lobanov maydonni tark etar ekan, «Nasaf» klubi muxlislari uning şa'niga noloyiq sözlarini yöllab, haqorat qilişgan. «Paxtakor» darvozaboni esa bunga noörin harakatlar bilan javob qaytargan. Mazkur holat PFL Tartib-intizom qömitasi tomonidan örganib çiqilgaç, futbolçi Aleksandr Lobanovning harakatlari sabab uning jamoasi «Paxtakor» klubi 50 000 000 (ellik million) söm miqdorida jarimaga tortilişi belgilandi.
Öz navbatida, «Nasaf» klubi muxlislarining muxlislik madaniyatiga zid harakatlari sababli jamoa 100 000 000 (yuz million) söm miqdorida jarimaga tortilişi belgilandi.
Agar kelgusida şunday harakatlar takrorlanadigan bölsa, har ikki klub bundanda keskinroq tarzda jazolanadi. Jumladan, «Nasaf» klubi muxlislari tomonidan şunday harakatlar takrorlansa, jamoa kelgusi uy uçraşuvlarini muxlislarsiz ötkazadi.
Agar mavzuni çuqur tahlil qiliş kerak bölsa, bu omilga ham atrofliça töxtalsa böladi. Lekin bilasizmi, bu yerda asosiy masala haqiqatning tagiga yetiş emas. Yöq bu yerda haqiqat ham, haq taraf ham. Hammaning öz haqiqati borligi qançalik rost bölsa, Tartib Intizom qömitasining vazifasi şu qadar aniq - alohida harakatlarni örganiş, qayd etiş va jazolaş. Tamom.
Har ikkala klubga ham qöyilgan reglamental jazolar rasman e'lon qilindi. Stadionda yuzaga kelgan tartibsizliklarning oldini ola bilmagani, şaroit yaratgani uçun klub va stadionning jazoga tortilişi normal holat. (Bu tajribadan Yevropaning rivojlangan mamlakatlari allaqaçon ötganlar. Jarima tölayverib, zerikkan klublar muxlislar bilan işlaşning yangi bosqiçlariga ötdilar, stadion personali vazifalari özgardi, jamoaviy emas, individual jazo turlari köpaydi. Bir muxlis tartibni buzdimi, klub uni aniqlab yillik yoki bir neça yillik abonementdan mahrum qiladi masalan). Şunçaki, «Nasaf» tölaşi kerak bölgan 100 million, «Paxtakor»ning 50 million söm jarimasi qaysi hisob-kitoblar asosida yuzaga kelganini tuşunmadim. Balki bir neça qoidalarning buzilgani yiğilib (xabarda faqat Lobanov masalasi körsatilgan) şu miqdorni keltirib çiqargandir yoki dollarning rasmiy kursi ikki barobar oşgani rol öynagandir, bilmadim.
Lekin masalaning eng asosiy va xunuk qismi: Futbolçining harakatlariçi? Terma jamoa posboni Aleksandr Lobanov nega jazodan quruq qoldi?
















