Suriyada ixtilof boşlangandan to hozirgi kungaça 26446 bola halok bölgan. Ular asosan Suriya prezidenti Başar Asadga qaraşli kuçlarning hujumlari va bombardimonlari oqibatida hayotdan köz yumganlar. Bu haqda Suriya huquqni himoya qiliş taşkiloti hisobotida aytilgan.

Hisobotda aytilişiça, 2011 yil mart oyida ixtilof boşlangandan beri Suriya bolalar huquqlari köp buziluvçi davlatlar röyxatida 1-örinni egallamoqda. 

Aytilişiça, 2011 yildan boşlab Asad va uning tarafdorlari kuçlari hujumlari oqibatida kamida 21631 bola halok bölgan.

Rossiya harbiy-koinot kuçlarining zarbalari oqibatida esa 2015 yil sentabridan Suriyada 1529 bola halok bölgan. 

IŞID jangarilarining hujumi va qatl etişlari oqibatida 711 bola hayotdan köz yumgan. AQŞ boşçiligidagi koalitsiyaning aviazarbalari natijasida 2014 yil sentabridan Suriyada 723 bolaning hayoti töxtagan.

Bundan taşqari, 127 bola PYD jangarilari qurbonlariga aylangan, yana 503 bola ular tomondan öğirlab ketilgan.

Hisobotda ta'kidlanişiça, Suriyadagi ixtilofdan eng köp bolalar aziyat çekmoqdalar. 7 yildan beri davom etayotgan ixtilof oqibatida mamlakatda 1378 ta maktab va bolalar boğçalari vayron bölgan, 3,2 mln bola ta'lim oliş huquqidan mahrum etilgan.

Suriyada ta'lim oliş imkonidan mahrum bölgan bolalar erta yoşdan işlay boşlaydilar. Hisobotda aytilişiça, PYD jangarilari bolalarni jang qilişga majburlaydilar.

“Bular asosan 14 yoş va undan kattaroq bolalardir. Asad tuzumi ham öz pozitsiyalari zaiflaşgandan keyin baloğatga yetmaganlarni jang qilişga majbur qila boşlagan. Asad kuçlari safida taxminan 349 bola jang qiladi”, deyilgan hisobotda.

Suriya huquqni himoya qiliş taşkiloti BMT va xalqaro hamjamiyatni Suriyadagi bolalar himoyasini ta'minlaş, Asad tuzumi blokadasini oliş hamda gumanitar yordam yetkazilişi böyiça çoralar körişga çaqirgan.

Suriyadagi uruş davomida 400 mingdan köproq odam halok bölgan, 10 mln dan köproq odam öz uyini tark etişga majbur bölgan. Ulardan 4,8 mln nafari boşqa davlatlarda boşpana topgan.