Ğarb davlatlari islom dunyosiga jinoyatçilarni “eksport” qilib, uni barbod qilişga urinmoqda, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan.
“Islom dunyosini barbod qiliş, musulmonlar orasiga nifoq soliş, ularning qadriyatlarini va eng xavflisi, kelajagini yöq qiliş ssenariysi amalga oşirilmoqda. Ğarb islom davlatlariga barça jinoyatçilar va banditlarni “eksport” qilib, öz kelajagini ta'minlaşga harakat qilmoqda”, deb aytdi Erdöğan Istanbulda Islom hamkorligi takşilotining iqtisodiyot va savdo böyiça qömitasi yiğilişida.
Erdöğanning aytişiça, IŞID, “Al-Qoida”, YPG (suriyalik kurdlar mudofaa kuçlari) jangarilari va Fathulla Gulenning FeTO taşkiloti xatti-harakatlari oqibatida “mintaqa qon ummoniga ğarq bölmoqda”.
Erdöğan Suriyada 7 yildan beri yuz berayotgan fojiaga loqaydlik, Yevropa Ittifoqi davlatlari çegaralarida qoçqinlarga şafqatsizça munosabat, musulmonlarning Myanmadagi genotsidining rad etilişi Ğarbning “asl başarasini” körsatmoqda, deb aytdi. “Umuminsoniy qadriyatlar va demokratiya örniga islomofobiya, neonatsistlik va irqçilik keldi”, deb aytdi Erdöğan.
“Islom davlatlariga qurol sotiş böyiça köp milliardlik şartnomalardan kim haqiqatan foyda oladi? Musulmonlar örtasidagi adovat kimga qöl keladi? Mintaqada çegaralarning yangiça taqsimlanişidan kim naf köradi? Bu savollarga javoblar mintaqadagi tahdidlarga qarşi kuraş böyiça yangi qaraşni şakllantirişga imkon beradi”, deb qöşimça qildi Erdöğan.

















